Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 1 м/с, В
ENRU

Apple’dan Britaniya foydalanuvchilar ma’lumotiga kirish talabi

Texnologiya
30
Apple’dan Britaniya foydalanuvchilar ma’lumotiga kirish talabi
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi sentabr oyining boshlarida Apple kompaniyasiga yangi texnik talabnoma yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Financial Times nashri manbasiga asoslanib Rozetked xabar berdi. Talabnoma bo‘yicha Apple Britaniya foydalanuvchilarining shifrlangan iCloud zaxira ma’lumotlariga kirish huquqini ta’minlashi shartligi bildirildi.

2025 yil yanvar oyida Britaniya hukumati shifrlangan foydalanuvchi ma’lumotlariga global miqyosda kirishni nazarda tutuvchi hujjatni qabul qilgan edi. Bunga javoban Apple kompaniyasi apellyatsiya bergan va Buyuk Britaniyada uzluksiz shifrlangan ma’lumotlarni himoya qilish funksiyasini o‘chirib qo‘ygan.

Avgust oyida AQSh Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard Britaniya bu talabnomani Vashington bosimi ostida bekor qilganini bildirgan edi. Ammo Financial Times manbalariga ko‘ra, hozirda AQSh bosim o‘tkazmayapti va London o‘z rejasini qayta ishga tushirgan.

Huquqni himoya qiluvchi Privacy International tashkiloti esa bunday ma’lumotlarga faqat bitta davlat uchun kirish imkonining butun dunyo foydalanuvchilarining xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ogohlantirmoqda. Apple va Britaniya Ichki ishlar vazirligi hozircha mazkur vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026