Bugun
Sindarov Sent-Luista Champions Showdownda ishtirok etadi
+9°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Samsung Galaxy Z TriFold smartfoni ATES sammitida taqdim etiladi

Texnologiya
25
Samsung Galaxy Z TriFold smartfoni ATES sammitida taqdim etiladi
Samsung kompaniyasi birinchi Galaxy Z TriFold smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Janubiy Koreya matbuotining xabariga ko‘ra, ushbu qurilma 31 oktyabrdan 1 noyabrgacha Kenjuda o‘tadigan ATES sammitida namoyish etiladi. Oldinroq, 2025-yil yanvar oyida o‘tkazilgan Galaxy Unpacked tadbirida qurilmaning kichik ko‘rinishi taqdim etilgan edi, endi esa to‘liq ishlayotgan model namoyish qilinadi.

Galaxy Z TriFold smartfoni G-shaklidagi maxsus mexanizm va ikki sharnili tuzilishga ega. Qurilma to‘liq ochilganda ekranining diagonali 9,96 dyuymni tashkil etadi, yopiq holatda esa 6,5 dyuymga teng bo‘ladi.

Texnik xususiyatlariga kelsak, unda Snapdragon 8 Elite protsessori, 16 gigabayt operativ xotira va 256 gigabaytdan 1 terabaytgacha ichki xotira mavjud. Qurilma Android 16 operatsion tizimi va One UI 8 interfeysi asosida ishlaydi.

Kameralar bloki 200 megapikselli asosiy sensor, 12 megapikselli ultrakeng burchakli va 50 megapikselli teleob’ektivdan iborat bo‘lib, 5 barobar zum imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, old tomonida 10 megapikselli ikkita selfi kameralari mavjud.

Batareya yangi kremniy-uglerod materialidan tayyorlangan bo‘lib, bu uning samarali ishlashini ta’minlaydi va ortiqcha qizib ketishning oldini oladi. Samsung Galaxy Z TriFold smartfonini cheklangan miqdorda ishlab chiqaradi.

Dastlabki partiya 50 ming donadan oshmasligi kutilmoqda. Qurilma avvaliga Janubiy Koreya va Xitoy bozorlarida sotuvga chiqariladi, boshqa mamlakatlarga yetkazib berish haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Narxi taxminan 3000 dollardan boshlanadi, bu esa uni texnologiya ixlosmandlari va yangi qurilmalarni kuzatuvchilar uchun noyob mahsulotga aylantiradi. Kompsniya ushbu yangi formatni bozorda muvaffaqiyatli joriy etishga intilmoqda.

Agar ishlab chiqarish hajmlari oshirilsa va narxlar biroz pasaytirilsa, Galaxy Z TriFold nafaqat konsept sifatida, balki amaliy savdoda ham kelajakda muhim o‘rin egallashi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
TexnologiyaBugun, 12:14
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
TexnologiyaKecha, 18:36
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika Respublikasi sun'iy intellekt yordamida tuzilgan milliy siyosat hujjatini noto'g'ri ilmiy manbalar tufayli qaytarib oldi. Hujjatda 67 ta istiqbolga
TexnologiyaKecha, 12:54
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
24-oktyabr 2026-yilda iPhone 18 smartfonlari aylamidagi joriy bozor narxlari e'lon qilindi. Narxlar modelga, xotira hajmiga, rangga va SIM-karta turiga qarab farq
Texnologiya11:26, 24-10-2026
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Ilon Mask boshchiligidagi Tesla kompaniyasi 2026 yil 15-oktyabrdagi taqdimotda yangi avlod Roadster superkarini ko‘rsatdi. Avtomobil an’anaviy giperkarlar chegarasidan
Texnologiya12:34, 23-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay xalqaro to‘lov tizimi yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, xizmatning texnik tayyorgarlik
Texnologiya16:50, 22-10-2026