ENRU

Galaxy S25 Ultra iPhone 17 Pro Maxdan tezroq ishladi

Texnologiya
56
Galaxy S25 Ultra iPhone 17 Pro Maxdan tezroq ishladi
iPhone 17 Pro Max va Galaxy S25 Ultra smartfonlari ish tezligi bo‘yicha yana bir bor solishtirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

4pda.to nashrining ma’lumotiga ko‘ra, YouTube-kanal PhoneBuff tomonidan o‘tkazilgan sinovda ko‘proq ilovalar va robot qo‘l yordamida aniq o‘lchovlar amalga oshirildi. Natijada Android flagmani, ya’ni Galaxy S25 Ultra sezilarli ustunlik bilan g‘olib bo‘ldi.

Sinov ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda ikkala smartfonda bir xil ilovalar ketma-ket ishga tushirildi, so‘ng ularni fon rejimiga o‘tkazish amalga oshirildi.

Ikkinchi bosqichda esa barcha ilovalar qayta ochildi. Barcha harakatlar robot tomonidan aniq va bir xil sharoitda bajarildi.

Galaxy S25 Ultra birinchi bosqichni 2 daqiqa 2,59 soniyada yakunladi, iPhone 17 Pro Max esa 2 daqiqa 16,18 soniyada ishni tamomladi. Ikkinchi bosqichda ham Galaxy S25 Ultra g‘olib bo‘lib, 47 soniya vaqt sarflagan, iPhone esa 49 soniyada sinovni tugatdi.

Muallif ta’kidicha, ba’zan S25 Ultra uchta ilovada oldinda bo‘lgan. Shu bilan birga, iPhone video tahrir dasturida rolikni eksport qilish jarayonida 40 foiz ko‘proq vaqt sarflagan.

Bu esa qiziq, chunki video ishlov berish Apple qurilmalarining kuchli tomonlaridan hisoblanadi. Umuman olganda, Galaxy S25 Ultra ish tezligi bo‘yicha aniq ustunlikka ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
TexnologiyaKecha, 23:39
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
TexnologiyaKecha, 16:56
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Taniqli aktrisa Eshli Beloat o‘zi bosh rolni ijro etgan serial namoyishidan bir necha oy o‘tgach, xuddi shu syujet asosida ishlangan boshqa bir qisqa metrajli dramaga duch keldi. Bu haqda One.uz
TexnologiyaKecha, 10:51
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Zamonaviy smartfonlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ularning ko‘plab foydali funksiyalari odatiy sozlamalar menyusida ko‘rinmaydi.
Texnologiya23:52, 11-10-2026
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiyaning yirik qurilish va muhandislik korxonasi bo‘lmish Shimizu korporatsiyasi koinot texnologiyalari tarixidagi eng dadil va ulkan g‘oyalardan biri hisoblangan Luna Ring loyihasini taqdim
Texnologiya23:52, 11-10-2026
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
Kiberxavfsizlik bo‘yicha Rossiyaning «F6» kompaniyasi tahlilchilari O‘zbekiston va Qozog‘iston foydalanuvchilarining bank hisoblariga tahdid solayotgan xavfli Android-troyanni fosh etdi. Bu haqda
Texnologiya11:04, 11-10-2026