ENRU

Galaxy S26 Ultra apelsin rangida yangi versiya chiqadi

Texnologiya
47
Galaxy S26 Ultra apelsin rangida yangi versiya chiqadi
Galaxy S26 Ultra smartfonining yangi, yorqin rangdagi versiyasi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reddit tarmog‘ida Direct-Till-2680 foydalanuvchisi tomonidan e’lon qilingan suratlarda flagman modelining dastlabki maketlari ko‘rsatildi. Ushbu maketlarning biri apelsin rangida bo‘lib, foydalanuvchilar tomonidan “yangi nafas” sifatida baholandi.

Ba’zilari esa bu rangni Apple kompaniyasining iPhone 17 Pro modelidagi rangga o‘xshatib, Samsungni hazil bilan tanqid qilishdi. Suratlarga qaraganda, qurilmaning korpusi to‘rtburchak shaklida, burchaklari yumaloq qilib ishlab chiqilgan.

Kamera modulida to‘rtta obyektiv mavjud bo‘lib, avvalgi S24 Ultra modeli bilan taqqoslaganda katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi. Eng e’tiborga molik jihat — smartfonning apelsin rangidagi yorqin korpusi.

Samsung hozircha S26 Ultra dizayni va ranglari bo‘yicha rasmiy ma’lumot bermagan. Ammo odatda bunday oldindan tarqalgan suratlar haqiqiy modellar bilan mos keladi, chunki aksessuar ishlab chiqaruvchilar qurilmaning o‘lchamlarini oldindan bilib olishadi.

An’anaga ko‘ra, Samsung o‘z flagmanlarini qora, kumush yoki ko‘k kabi jiddiy ranglarda taqdim etadi. Shu sababli apelsin rangidagi korpus kompaniyaning dizayn yondashuvida yangilik bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
TexnologiyaKecha, 23:39
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
TexnologiyaKecha, 16:56
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Taniqli aktrisa Eshli Beloat o‘zi bosh rolni ijro etgan serial namoyishidan bir necha oy o‘tgach, xuddi shu syujet asosida ishlangan boshqa bir qisqa metrajli dramaga duch keldi. Bu haqda One.uz
TexnologiyaKecha, 10:51
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Zamonaviy smartfonlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ularning ko‘plab foydali funksiyalari odatiy sozlamalar menyusida ko‘rinmaydi.
Texnologiya23:52, 11-10-2026
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiyaning yirik qurilish va muhandislik korxonasi bo‘lmish Shimizu korporatsiyasi koinot texnologiyalari tarixidagi eng dadil va ulkan g‘oyalardan biri hisoblangan Luna Ring loyihasini taqdim
Texnologiya23:52, 11-10-2026
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
Kiberxavfsizlik bo‘yicha Rossiyaning «F6» kompaniyasi tahlilchilari O‘zbekiston va Qozog‘iston foydalanuvchilarining bank hisoblariga tahdid solayotgan xavfli Android-troyanni fosh etdi. Bu haqda
Texnologiya11:04, 11-10-2026