Bugun
«Manchester Siti» Brayton bilan kubok o'yinini o'tkazadi Husanov debyut qilishi mumkin
+15°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

O‘zbekistonda Amazon Kuiper bilan tezkor internet loyihasi boshlanadi

Texnologiya
39
O‘zbekistonda Amazon Kuiper bilan tezkor internet loyihasi boshlanadi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHning Amazon Kuiper kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va tezkor internet xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat yakunida Vazirlik va Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida o‘zaro tushunuv memorandumi imzolandi. Memorandumga muvofiq, mamlakat hududida Project Kuiper sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali yuqori tezlikdagi internetni ishga tushirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish yo‘nalishlari belgilandi.

Bu loyihaning maqsadi chekka hududlar, maktablar, shifoxonalar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun internetga kirishni kengaytirishdir. Amazon Kuiper — Amazon kompaniyasining sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini taqdim etuvchi bo‘limi hisoblanadi.

U past orbitada joylashgan sun’iy yo‘ldoshlar orqali butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikda va kechikishi kam bo‘lgan aloqa xizmatlarini taqdim etishni maqsad qiladi. Ushbu texnologiya katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va samarali uzatish, videokonferensiyalar, masofaviy ta’lim, telemeditsina va boshqa raqamli xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida tomonlar texnik yechimlarni joriy etish, tarmoq barqarorligini ta’minlash va xizmatlarni keng qamrovda yetkazish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi. Mazkur loyiha mamlakatda raqamli xizmatlar sifatini oshirish, iqtisodiyotning turli sohalarida samaradorlikni kuchaytirishga imkon yaratadi.

Bu esa O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
TexnologiyaBugun, 14:12
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
TexnologiyaKecha, 23:54
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
TexnologiyaKecha, 12:14
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
Texnologiya18:36, 25-10-2026
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika Respublikasi sun'iy intellekt yordamida tuzilgan milliy siyosat hujjatini noto'g'ri ilmiy manbalar tufayli qaytarib oldi. Hujjatda 67 ta istiqbolga
Texnologiya12:54, 25-10-2026
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
24-oktyabr 2026-yilda iPhone 18 smartfonlari aylamidagi joriy bozor narxlari e'lon qilindi. Narxlar modelga, xotira hajmiga, rangga va SIM-karta turiga qarab farq
Texnologiya11:26, 24-10-2026