Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 0 м/с, СВ
ENRU

WOWCube yangi raqamli Rubik kubi taqdim etildi

Texnologiya
60
WOWCube yangi raqamli Rubik kubi taqdim etildi
Spin Master va Cubios kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan WOWCube o‘yinchoqi an’anaviy Rubik kubining yangi raqamli versiyasidir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu kub 2x2 formatda bo‘lib, uning yuzalarida rangli kvadratlar o‘rniga 24 ta kichik LCD displey joylashgan. Loyiha dastlab 2016 yilda taqdim etilgan bo‘lib, hozirda oldindan buyurtma berish uchun ochiq holatga keldi.

WOWCube nafaqat aylantirish mumkin bo‘lgan kub, balki turli o‘yinlarni o‘ynash imkonini beruvchi o‘yin konsolidir. Unda Cut the Rope, 2048 va klassik Space Invaders kabi mashhur o‘yinlar mavjud.

Kubning ichki sensorlari egilish va silkiniishni aniqlab, o‘yin jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatadi. Qurilma ilovalar do‘koni orqali yangi o‘yinlar va funksiyalarni yuklab olish imkonini beradi.

Bluetooth orqali smartfon bilan ulanib, foydalanuvchilar bepul yoki pullik dasturlarni o‘rnatishlari mumkin. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar uchun maxsus dasturiy ta’minot to‘plami (SDK) taqdim etilgan bo‘lib, bu WOWCube uchun yangi o‘yinlar va interaktiv ilovalar yaratishni osonlashtiradi.

WOWCube faqat o‘yin uchun emas, balki kundalik hayotda ham foydali funksiyalarni taklif etadi. U taymer, jonli akvariumli ekran, ob-havo ma’lumotlari, eslatmalar va aksiya narxlari ko‘rsatiladigan vidjetlarga ega.

Qurilma avtonom rejimda besh soatgacha ishlay oladi. To‘liq zaryad olish uchun maxsus dok-stansiya mavjud.

Uning narxi taxminan 299 dollarni tashkil etadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki xaridorlarga yetkazib berish Rojdestvo bayramigacha boshlanishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislar fikricha, WOWCube klassik o‘yinchoqlar bilan zamonaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli birlashtirgan noyob gadjet sifatida tarixda o‘z o‘rnini topishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026