Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СВ
ENRU

Leonidas AR dronlarga qarshi yangi avtonom tizim yaratdi

Texnologiya
61
Leonidas AR dronlarga qarshi yangi avtonom tizim yaratdi
Amerikaning Epirus va General Dynamics Land Systems kompaniyalari zamonaviy urushlarda tobora ortib borayotgan dron tahdidlariga qarshi kurashda yangi avtonom robot tizimini yaratdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tizim mikrotolqinli qurol va sun’iy intellektni birlashtirgan bo‘lib, dronlarga qarshi samarali himoya vositasi hisoblanadi. Leonidas Autonomous Robotic deb nomlangan platforma Epirus kompaniyasining yuqori quvvatli mikrotolqinli qurolini General Dynamics Land Systems tomonidan ishlab chiqilgan 10 tonnalik Tracked Robot shassisiga o‘rnatadi.

Natijada, har qanday dronlar to‘dasini bir zarbada yo‘q qilishga qodir mobil va to‘liq avtonom tizim paydo bo‘ldi. Leonidas tizimi kuchli mikrotolqinli impulslar yordamida dushman dronlarining elektronikasini ishdan chiqaradi.

Bu jarayon raketa yoki artilleriya vositalarisiz, faqat elektromagnit kuch orqali amalga oshiriladi. Tizim “bir impuls – ko‘p nishon” tamoyili asosida ishlaydi va bir vaqtning o‘zida bir nechta dronlarni faoliyatsiz holga keltira oladi.

Operator tizim chastotasi va quvvatini turli sharoitlarga moslashtira oladi. Shuningdek, xavfsiz hudud funksiyasi yordamida o‘z dronlariga zarar yetkazilmasligi kafolatlanadi.

Tizimni yangilash uchun maydonni tark etish shart emas, barcha o‘zgartirishlar masofadan amalga oshiriladi. GDLS tomonidan ishlab chiqilgan TRX robot bazasida qurilgan ushbu platforma 10 tonnalik gibrid-elektr transport vositasi bo‘lib, sun’iy intellekt va kuchli sensorlar bilan jihozlangan.

U bir marta quvvatlanishda 480 kilometr masofani bosib o‘ta oladi va soatiga 72 kilometr tezlikka ega. Radar va hisoblash tizimlari tufayli Leonidas AR ham avtonom, ham masofadan boshqariladigan rejimda ishlay oladi.

Mutaxassislarning fikricha, Leonidas AR zamonaviy harbiy texnologiyalar sohasida yangi bosqich bo‘lib, u nafaqat dron tahdidlariga qarshi samarali vosita, balki kelajakda butun armiyalar uchun avtomatlashtirilgan mudofaa tizimiga aylanishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026