Bugun
O‘zbekiston futbol chempionati rasman kuz-bahor tizimiga o‘tadi
+26°
пасмурно ветер 1 м/с, С
ENRU

Ilon Mask millionlab robot armiyasini yaratadi

Texnologiya
40
Ilon Mask millionlab robot armiyasini yaratadi
Mashhur tadbirkor va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask millionlab robotlardan iborat armiyani yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Wired nashri xabariga ko‘ra, u bu loyihani amalga oshirish uchun kompaniya ustidan yanada kuchliroq nazorat o‘rnatish zarurligini ta’kidlagan. Mask investorlar bilan bo‘lgan suhbatida shunday degan: “Faraz qiling, men ulkan robotlar armiyasini tuzdim.

Bunday holatda kimdir meni chetga surib qo‘yishi mumkinmi? Agar biz bu armiyani yaratadigan bo‘lsak, hech bo‘lmaganda unga kuchli ta’sir o‘tkaza olamanmi?

Gap faqat nazorat haqida emas, aynan ta’sir haqida ketmoqda. Agar men ta’sirga ega bo‘lmasam, bu loyiha men uchun xavfli bo‘ladi.” Milliarder fikricha, Tesla tomonidan ishlab chiqilayotgan Optimus nomli robotlar turli sohalarda — zavodlarda ishlab, bolalarga g‘amxo‘rlik qilishda ham foydali bo‘lishi mumkin.

Unga ko‘ra, Optimus juda ajoyib jarroh bo‘lishi mumkin. “Tasavvur qiling, har bir inson bunday mukammal jarroh xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo‘lsa,” deydi Mask.

Shuningdek, uning fikricha, Tesla robotlari yordamida qashshoqlik yo‘qolgan, har bir inson eng yuqori darajadagi tibbiy yordamdan foydalanadigan yangi dunyo yaratiladi. Ma’lum qilinishicha, kelgusi yilning fevral yoki mart oylariga qadar Optimus robotining to‘liq ishlab chiqishga tayyor prototipi tayyor bo‘ladi.

Robotlarni ommaviy ishlab chiqarish esa 2026 yil oxirida boshlanishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda 5 mingtagacha odamga o‘xshash robot yetkazib berilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Huawei toʻrtta SIM-kartali yangi flagman smartfonini namoyish etdi
Huawei toʻrtta SIM-kartali yangi flagman smartfonini namoyish etdi
Huawei kompaniyasi mobil texnologiyalar olamida katta yangilik qilib, oʻzining navbatdagi flagmani — Huawei Mate 90 Pro Max modelini keng jamoatchilikka namoyish etdi.
TexnologiyaBugun, 03:36
Xiaomi 15 Pro kamera borasida Samsung flagmanidan ustun keldi
Xiaomi 15 Pro kamera borasida Samsung flagmanidan ustun keldi
Zamonaviy smartfonlar bozoridagi murosasiz raqobat yangi bosqichga ko‘tarildi. Mashhur texnologik tahlilchi Ice Universe tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi sinovlar 200
TexnologiyaBugun, 03:12
Huawei smartfonlarida shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlovchi yangi funksiya joriy etildi
Huawei smartfonlarida shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlovchi yangi funksiya joriy etildi
Huawei kompaniyasi o‘zining yangi avlod qurilmalari va dasturiy ta’minotida foydalanuvchi ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashning ilg‘or usulini joriy qildi. Xususan,
TexnologiyaBugun, 03:00
Huawei smartfonlar uchun professional tashqi kamera modulini taqdim etdi
Huawei smartfonlar uchun professional tashqi kamera modulini taqdim etdi
Huawei kompaniyasining Terminal BG bo‘limi rahbari Xe Gan ijtimoiy tarmoqlar orqali Ruiying Z10 nomli yangi tashqi modulli kameraning amaliy imkoniyatlarini namoyish
TexnologiyaBugun, 02:31
Itel kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh aloqasiga ega arzon smartfonni taqdim etdi
Itel kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh aloqasiga ega arzon smartfonni taqdim etdi
Itel kompaniyasi arzon narxli mobil qurilmalar bozorini tubdan o‘zgartirishi kutilayotgan yangi Itel A300+ smartfonini rasman taqdim etdi. Ushbu qurilma o‘z narx
TexnologiyaBugun, 02:20
Ilon Mask koinotda suniy intellekt markazlarini tashkil etadi
Ilon Mask koinotda suniy intellekt markazlarini tashkil etadi
Ilon Mask o‘zining yangi Star Mind loyihasi doirasida koinotga uchiriladigan har bir sun’iy yo‘ldosh 250 kilovattdan ortiq quvvatga ega quyosh panellari bilan jihozlanishini ma’lum qildi. Bu haqda
TexnologiyaBugun, 02:17