Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Apple kompaniyasiga 1,5 milliard funt jarima belgilandi

Texnologiya
48
Apple kompaniyasiga 1,5 milliard funt jarima belgilandi
Buyuk Britaniyaning raqobat bo‘yicha apellyatsiya sudi Apple kompaniyasiga qarshi jamoaviy da’vo bo‘yicha 1,5 milliard funt sterling miqdorida qaror chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sud da’vogarlarning talablarini qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatda taxminan 20 million foydalanuvchi nomidan ushbu jamoaviy da’vo arizasi topshirilganligi ma’lum qilindi.

Da’vo Apple kompaniyasining App Store ilovalar do‘konidagi siyosatiga nisbatan norozilik asosida berilgan. Kompaniya o‘zining bozor ustunligini suiiste’mol qilib, ishlab chiquvchilardan adolatsiz deb hisoblangan 30 foizlik komissiya olgani ayblanmoqda.

Sud qaroriga ko‘ra, 2015 yil oktyabridan 2020 yil oxirigacha Apple ilovalar bozorida raqobatga to‘sqinlik qilgan va ishlab chiquvchilardan ortiqcha miqdorda komissiya undirgan. Sudya da’vogarlar kompensatsiya olish huquqiga ega ekanini ta’kidladi.

Apple kompaniyasiga nisbatan jarima miqdori va boshqa choralarga oid yakuniy qaror 2025 yil noyabr oyida o‘tkaziladigan sud eshituvlarida belgilanadi. Ushbu ish raqobat qonunchiligi doirasida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026