ENRU

Smartfonlar bahorda 10-30 foizga qimmatlashishi mumkin

Texnologiya
18
Smartfonlar bahorda 10-30 foizga qimmatlashishi mumkin
Bahor fasli yaqinlashar ekan, nafaqat ob-havo, balki texnologik qurilmalar, xususan, smartfonlar ham qimmatlashishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Axborot texnologiyalari bo‘yicha ekspert Eldar Murtazin smartfonlar bahor oylariga kelib o‘rtacha 10-30 foizgacha qimmatlashishi ehtimolini bildirmoqda. Ushbu prognozning asosiy sababi sifatida bozordagi xotira chiplari narxining oshishi ko‘rsatilmoqda.

Oldinroq tahlilchilar smartfonlarda ishlatiladigan xotira elementlari jahon miqyosida qimmatlayotganini ta’kidlagan edi. Masalan, Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning birinchi choragida xotira narxi 40-50 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda, ikkinchi chorakda esa yana taxminan 20 foizga oshishi mumkin.

Murtazin narxlar hozirning o‘zida sezilarli darajada o‘zgarayotganini aytadi. Mart-aprel oylariga kelib, bu jarayon yanada kuchayishi va narx o‘sishi texnika turiga qarab farqlanishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfonlar 10-30 foizgacha, noutbuklar o‘rtacha 20 foizgacha, o‘yin noutbuklari esa 30-40 foizgacha qimmatlashishi mumkin. Ushbu jarayon faqat smartfon va kompyuterlar bilan cheklanib qolmay, boshqa turdagi texnika, jumladan, maishiy texnika ham qimmatlashishi mumkin.

Shunday ekan, kim yaqin oylarda telefon yoki noutbuk sotib olishni rejalashtirgan bo‘lsa, bahorga qoldirish ularni qimmat xarajatga olib kelishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
O‘zbekistonda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘rgatish va raqamli ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda One.uz xabar
TexnologiyaKecha, 18:34
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Endi ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib
TexnologiyaKecha, 09:56
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O‘zbekistonda Google Pay elektron to‘lov tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu haqda 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirda Google Cloud vakili Marsin
Texnologiya12:26, 19-10-2026
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram messenjeri yaqin kelajakda o‘z konsepsiyasini kengaytirib, ijtimoiy tarmoqlar ichidagi tavsiyalar algoritmini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Platforma
Texnologiya16:51, 16-10-2026
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026