ENRU

Xitoylik olimlar yangi litiy batareyani yaratdi

Texnologiya
71
Xitoylik olimlar yangi litiy batareyani yaratdi
Xitoylik olimlar elektromobillar sanoatida katta o‘zgarishlar keltirishi mumkin bo‘lgan yangi turdagi litiy batareyani yaratishga erishdilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nankay universiteti va Shanxay instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu texnologiya energiya zichligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Yangi batareyaning energiya zichligi bir kilogramm uchun 700 vatt-soatni tashkil etadi.

Taqqoslash uchun, hozirgi zamonaviy batareyalar ko‘pi bilan 255 vatt-soat quvvat bera oladi. Ushbu kashfiyotning asosiy siri tarkibida ftorlangan uglevodorodlar mavjud bo‘lgan yangi suyuq elektrolitdan foydalanilishidadir.

An’anaviy kislorodli eritmalardan farqli o‘laroq, ftor asosidagi bu elektrolit ionlarning harakatini sezilarli darajada tezlashtiradi va elektr o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi. Natijada, batareya og‘irligini oshirmasdan, elektromobillarning yurish masofasini bir necha barobar ko‘paytirish mumkin bo‘ladi.

Yangi texnologiyaning yana bir muhim afzalligi uning qattiq ob-havo sharoitlariga bardoshliligi hisoblanadi. Hatto minus 50 daraja sovuqda ham batareya 400 vatt-soat energiya zichligini saqlab qolishga qodir.

Bu ko‘rsatkich sovuq iqlim sharoitlarida elektromobillardan foydalanishdagi asosiy muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Mutaxassislarning fikricha, mazkur ixtiro nafaqat avtomobilsozlikda, balki aviatsiya, kosmik texnologiyalar va robototexnika sohalarida ham keng qo‘llanilishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
TexnologiyaKecha, 18:36
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika Respublikasi sun'iy intellekt yordamida tuzilgan milliy siyosat hujjatini noto'g'ri ilmiy manbalar tufayli qaytarib oldi. Hujjatda 67 ta istiqbolga
TexnologiyaKecha, 12:54
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
24-oktyabr 2026-yilda iPhone 18 smartfonlari aylamidagi joriy bozor narxlari e'lon qilindi. Narxlar modelga, xotira hajmiga, rangga va SIM-karta turiga qarab farq
Texnologiya11:26, 24-10-2026
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Ilon Mask boshchiligidagi Tesla kompaniyasi 2026 yil 15-oktyabrdagi taqdimotda yangi avlod Roadster superkarini ko‘rsatdi. Avtomobil an’anaviy giperkarlar chegarasidan
Texnologiya12:34, 23-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay xalqaro to‘lov tizimi yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, xizmatning texnik tayyorgarlik
Texnologiya16:50, 22-10-2026
Telegram ovozli qo'ng'iroqlari O'zbekistonda ishlamayapti
Telegram ovozli qo'ng'iroqlari O'zbekistonda ishlamayapti
O'zbekistonda Telegram messenjeri orqali ovozli qo'ng'iroqlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda qo'ng'iroqlarning
Texnologiya14:49, 22-10-2026