Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СВ
ENRU

OpenAI eng kuchli GPT 5.4 mini va nano modellarini taqdim etdi

Texnologiya
28
OpenAI eng kuchli GPT 5.4 mini va nano modellarini taqdim etdi
OpenAI kompaniyasi GPT-5.4 mini va GPT-5.4 nano modellarini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ularni hozirgacha yaratilgan eng kuchli kichik sun’iy intellekt modellari sifatida baholadi. Yangi modellar tezlik, samaradorlik va og‘ir yuklamalar uchun mo‘ljallangan arxitektura xususiyatlariga ega.

GPT-5.4 mini modeli dasturlash, mantiqiy fikrlash, multimodal tahlil va turli vositalardan foydalanish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Kompaniya bu modelning GPT-5 mini versiyasidan ancha ustun ekanini, ikki barobardan ko‘proq tez ishlashini ma’lum qildi.

Benchmark sinovlarida GPT-5.4 mini SWE-bench Pro testida 53,40 foiz, Terminal-Bench 2.0’da 59,30 foiz va OSWorld-Verified testida 70,60 foiz natija ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkichlar uning to‘liq GPT-5.4 modeliga yaqin ekanligini ko‘rsatadi.

Kompaniya mini modelni past kechikishli sun’iy intellekt yordamchilari, yengil subagentlar, skrinshotlarni tahlil qiluvchi interfeys boshqaruv tizimlari va real vaqt rejimidagi multimodal ilovalar uchun ishlab chiqqanini ta’kidladi. OpenAI fikricha, bunday holatlarda eng katta model har doim ham eng yaxshi yechim emas.

Asosiy e’tibor darhol javob berish va vositalar bilan ishonchli ishlashga qaratiladi. GPT-5.4 nano esa ushbu qatorning eng kichik va eng tezkor modeli sifatida taqdim etildi.

U tezlik va xarajat muhim bo‘lgan vazifalar, jumladan tasniflash, ma’lumotlarni ajratib olish, reytinglash hamda oddiy yordamchi ish jarayonlari uchun mo‘ljallangan. OpenAI nano modeli uchun dastlabki benchmark natijalarini ham e’lon qildi.

Ular orasida SWE-bench Pro testida 52,39 foiz va GPQA Diamond testida 82,83 foiz natija qayd etilgan. Kompaniya mijozlarining har ikki modelni ishlab chiqarish muhitida sinovdan o‘tkazayotgani haqida ham ma’lumot berdi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026