Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Apple kuzda birinchi qatlanuvchi displeyli smartfonini taqdim etadi

Texnologiya
23
Apple kuzda birinchi qatlanuvchi displeyli smartfonini taqdim etadi
Kupertino shahridagi dunyoga mashhur kompaniya smartfonlar olamida haqiqiy inqilob qilishga tayyorlanmoqdadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya ichidagi ishonchli manbalardan biri bo‘lgan Mark Gurmanning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda biz ayfonlar tarixidagi eng katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘lamiz. Zamin nashri Apple kompaniyasining yangi rejalari va bizni kutayotgan texnologik yangiliklar haqida batafsil ma’lumot beradi.

Joriy yilning kuz oyida smartfon bozorida yangi davr boshlanishi kutilmoqda. Apple o‘zining birinchi qatlanuvchi displeyli modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Bu qurilma boshqa kompaniyalarning o‘xshash modellari singari, ochilganda katta planshet ekraniga aylanadi. Bu esa filmlar ko‘rish, o‘yinlar o‘ynash va boshqa ko‘plab vazifalarni bajarish uchun keng imkoniyatlar beradi.

Kompaniya nafaqat qurilma tashqi ko‘rinishini, balki uning ichki dasturiy tizimini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Yangi operatsion tizim maxsus qatlanuvchi formatlar uchun yaratilgan bo‘lib, foydalanuvchiga ekranning turli qismlarida bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturlarni ishlash imkonini beradi.

Muhandislar ekran bukilgan joyidagi chiziqlarni butunlay yo‘qotishga hali erola olmasalar-da, uni sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘lishgan. Kelajakda, xususan 2027 yilda, kompaniya asoschisi Stiv Jobsning orzu qilgan to‘liq ramkasiz telefon paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Bu modelda old tomonda hech qanday teshiklar bo‘lmaydi, chunki kamera va sensorlar ekranning ostiga yashiriladi. Kompaniya bu maqsadga bosqichma-bosqich yaqinlashib kelmoqda va har bir yangi modelda dizayn yanada takomillashtirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modellarning chiqarilish sanalari o‘zgarishi mumkin. Qatlanuvchi telefon va yuqori toifali modellar 2026 yil kuzida sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.

Oddiyroq modellarning chiqarilishi esa 2027 yilga qoldirilgan. Agar kompaniya ushbu texnologiyalarni ommaviy ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lsa, bu dunyo texnologiyasida yirik voqea hisoblanadi.

Sizningcha, bu yangiliklar smartfon bozoridagi raqobatni o‘zgartiradimi? Qaysi dizayn siz uchun muhimroq: qatlanuvchi ekran yoki ramkasiz tashqi ko‘rinish?

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026