Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

Jorjiya olimlari sun’iy intellekt yordamida polimerlar dizaynini yangiladi

Texnologiya
97
Jorjiya olimlari sun'iy intellekt yordamida polimerlar dizaynini yangiladi
Jorjiya texnologiya instituti olimlari polimerlar dizaynini yaratishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi va muhim yutuqga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular ishlab chiqqan zamonaviy dasturiy tizim laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, amaliy samaradorligini isbotladi. Bu yangi vosita foydalanuvchilarga kerakli materialning xususiyatlarini kiritish imkonini beradi.

Tizim esa shu talablarga to‘liq javob beradigan kimyoviy tuzilmalarni taklif qiladi. Loyihani materialshunoslik sohasining yetakchi mutaxassisi Rampi Ramprasad boshqargan bo‘lib, natijalarning xalqaro npj Sun’iy Intellekt jurnalida e’lon qilindi.

POLYT5 deb nomlangan yangi dastur kimyoning o‘ziga xos qonuniyatlarini va mantiqiy tuzilishini chuqur tushunish uchun yaratildi. Bu jarayon tabiiy til modellari gaplarni qanday tuzishini o‘rganishi bilan solishtiriladi.

Olimlar fikricha, ushbu yondashuv sun’iy intellektga kimyoviy jihatdan imkonsiz yoki noto‘g‘ri formulasiz birikmalarni taklif qilish xatosini kamaytiradi. Tadqiqot guruhining ta’kidlashicha, avvalgi sun’iy intellekt usullari ko‘pincha nazariy jihatdan to‘g‘ri, lekin amalda laboratoriya sharoitida hosil qilib bo‘lmaydigan polimer variantlarini taklif qilardi.

Yangi model esa minglab haqiqiy polimerlar va yuz millionlab faraziy namzodlar asosida o‘qitildi. Bunda ishlab chiqarish jarayoni jihatidan real va amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tuzilmalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, polyBART nomli yordamchi model ham ushbu ish doirasida yaratildi. Yangi metodikani sinovdan o‘tkazish uchun olimlar sun’iy intellektga elektr transport vositalari va defibrillyatorlarda ishlatiladigan dielektrik materiallarni loyihalashni topshirdilar.

Keyinchalik tadqiqotchilar laboratoriyada sun’iy intellekt taklif qilgan materialni haqiqatan ham sintez qilib, uning xususiyatlarini tasdiqladilar. Bu natija sun’iy intellekt yaratgan dizaynlar faqat kompyuterda emas, balki jismoniy dunyoda ham to‘liq ishlashi mumkinligini ko‘rsatuvchi yorqin dalil bo‘ldi.

Ushbu kashfiyot kelajakda yangi materiallarni yaratish jarayonini ancha tezlashtiradi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026