Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 oktabr
+26°
пасмурно ветер 1 м/с, С
ENRU

Yaponiyada suniy aql asosida chaqaloq yig‘lashini aniqlovchi ilova yaratildi

Texnologiya
21
Yaponiyada suniy aql asosida chaqaloq yig‘lashini aniqlovchi ilova yaratildi
Yaponiyada sun’iy aql asosida ishlovchi Awababy nomli ilova yaratildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ilova ota-onalarga chaqaloqning nima uchun yig‘layotganini aniqlashda yordam beradi. Ma’lum qilinishicha, ilova taxminan 150 mingdan ortiq audio yozuvlar asosida o‘qitilgan.

Algoritm chaqaloqning yig‘lash tovushining balandligi, ohangi va davomiyligini tahlil qilib, yig‘lash sababini aniqlaydi. Ilova 11 xil holat va ehtiyojni farqlay oladi.

Ularga ochlik, uyquchanlik, noqulaylik, yolg‘izlik, tana haroratining o‘zgarishi, qorin og‘rig‘i va e’tiborga muhtojlik kabi holatlar kiradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar turli vaziyatlarda bolani qanday tinchlantirganliklari haqida o‘z tajribalari bilan bo‘lishish imkoniga ega.

Bu esa umumiy tavsiyalar bazasini yaratishda yordam beradi. Ma’lum bo‘lishicha, 20 apreldan boshlab Yaponiyaning Misima shahrida ikki yoshgacha bolasi bor oilalar uchun ilovaning premium versiyasi bepul taqdim etiladi.

Awababy ilovasi ota-onalarga chaqaloqning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish imkonini beradi. Bu esa bolani tezroq tinchlantirishga va ota-onalarning hayotini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Ilovaning bunday imkoniyatlari ota-onalar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Huawei kompaniyasi mobil protsessorlar ishlab chiqarishda yangi texnologiyani joriy etdi
Huawei kompaniyasi mobil protsessorlar ishlab chiqarishda yangi texnologiyani joriy etdi
Huawei kompaniyasi mobil protsessorlar ishlab chiqarish sohasida tub burilish yasab, tranzistorlar o‘lchamini kichraytirmasdan turib ularning joylashuv zichligini oshirishning o‘ziga xos usulini
TexnologiyaKecha, 23:57
Apple shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun qat'iy cheklovlar o'rnatdi
Apple shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun qat'iy cheklovlar o'rnatdi
Apple kompaniyasi macOS operatsion tizimidagi diskka to‘liq kirish imkoniyati, ya’ni “Full Disk Access” funksiyasi ustidan nazoratni sezilarli darajada kuchaytirishini ma’lum qildi. Bu haqda One.uz
TexnologiyaKecha, 23:34
Huawei kompaniyasi o‘zining eng qudratli protsessorini namoyish etdi
Huawei kompaniyasi o‘zining eng qudratli protsessorini namoyish etdi
Huawei kompaniyasi o‘zining yangi Mate 90 smartfonlar turkumini ommaga taqdim etish bilan birga, kompaniya tarixidagi eng qudratli hisoblangan Kirin 9050 Pro protsessorini namoyish qildi. Bu haqda
TexnologiyaKecha, 03:53
Huawei kompaniyasi yangi avlod flagman smartfonlarini rasman namoyish etdi
Huawei kompaniyasi yangi avlod flagman smartfonlarini rasman namoyish etdi
Xitoyning texnologiya giganti Huawei kompaniyasi o‘zining yangi avlod flagman smartfonlari turkumini, jumladan, eng yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega Huawei Mate 90 Pro Max modelini rasman namoyish
TexnologiyaKecha, 03:17
AQShda sunʼiy yoʻldosh orqali internet tezligini oshirishga ruxsat berildi
AQShda sunʼiy yoʻldosh orqali internet tezligini oshirishga ruxsat berildi
AQSh Federal aloqa komissiyasi sunʼiy yoʻldosh orqali internet xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalarga, xususan, Starlink tarmogʻiga maʼlumot uzatish samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha
TexnologiyaKecha, 03:02
Apple kompaniyasining ilk buklama smartfoni ishlab chiqarishda muammolarga uchradi
Apple kompaniyasining ilk buklama smartfoni ishlab chiqarishda muammolarga uchradi
Apple kompaniyasining ilk buklama smartfoni hisoblangan iPhone Duo qurilmasini ommaviy ishlab chiqarish jarayonida jiddiy texnik muammolar yuzaga kelmoqda.
TexnologiyaKecha, 02:59