Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Sem Altman suniy intellektning vaqtni belgilashdagi xatolarini tan oldi

Texnologiya
21
Sem Altman suniy intellektning vaqtni belgilashdagi xatolarini tan oldi
OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altman suniy intellekt texnologiyalari hozirgi vaqtda aniq vaqtni o‘lchash va uni kuzatib borish borasida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotganini ochiq tan oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U kelgusi bir yil ichida ushbu kamchilikni bartaraf etish va tizim imkoniyatlarini yanada takomillashtirishga va’da berdi. Mazkur muammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalardan so‘ng keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Videoda suniy intellektning ovozli rejimi foydalanuvchiga real vaqtni ko‘rsatish o‘rniga, mutlaqo uydirma ma’lumotlarni taqdim etgani aks etgan. Mostly Human ko‘rsatuvi davomida berilgan savollarga javob berar ekan, Sem Altman bu holat tizim uchun haqiqatan ham murakkab vazifa ekanligini tasdiqladi.

Uning tushuntirishicha, hozirgi ovozli modellar taymerlarni ishga tushirish yoki voqealar davomiyligini real vaqt rejimida nazorat qilish funksiyasiga ega emas. Biroq kompaniya mutaxassislari yaqin kelajakda amalga oshiriladigan yangilanishlar orqali ushbu funksiyalarni tizimga to‘liq integratsiya qilish ustida ishlamoqda.

Suniy intellekt modellari vaqt tushunchalari bilan ishlashda tez-tez xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Ular ko‘pincha matnli suhbatlarda vaqt oralig‘ini noto‘g‘ri baholaydi yoki tasvirlardagi soatlarni tahlil qilishda qiynaladi.

Qizig‘i shundaki, ushbu muammoni ko‘tarib chiqqan foydalanuvchi ChatGPT tizimidan Altmanning izohlari haqida so‘raganida, chatbot o‘z yaratuvchisining so‘zlariga zid ravishda, go‘yoki unda vaqtni kuzatish imkoniyati mavjudligini ta’kidlab o‘tgan. Bu holat suniy intellektning o‘z imkoniyatlarini baholashda ham hali ancha yo‘l bosishi kerakligini ko‘rsatadi.

Kelgusida ishlab chiquvchilar aniq matematik hisob-kitoblar va vaqtni boshqarish bo‘yicha yanada barqaror yechimlarni taqdim etishlari kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026