Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Mobil ilovalar smartfon quvvati va tezligini qanday kamaytiradi

Texnologiya
34
Mobil ilovalar smartfon quvvati va tezligini qanday kamaytiradi
Zamonaviy mobil ilovalar, ayniqsa Android operatsion tizimida ishlovchi dasturlar fon rejimida doimiy ravishda faol bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu jarayon foydalanuvchi haqidagi turli ma’lumotlarni yig‘ish hamda reklama xizmatlarini optimallashtirish bilan bog‘liq. Natijada smartfonning umumiy ishlash tezligi pasayadi va batareya quvvati odatdagidan tezroq tugaydi.

Mutaxassislar kuzatuvlariga ko‘ra, eng ko‘p quvvat va xotira resurslarini iste’mol qiladigan dasturlar qatorida ijtimoiy tarmoqlar yetakchilik qiladi. Facebook, TikTok va X kabi platformalar foydalanuvchining qiziqishlarini tahlil qilish hamda unga moslashtirilgan kontentni taqdim etish uchun katta hajmdagi axborotni doimiy qayta ishlaydi.

Bundan tashqari, media kontentni uzatuvchi striming xizmatlari ham qurilma uchun sezilarli yuk hisoblanadi. Netflix va Spotify kabi ilovalar ma’lumotlarni vaqtinchalik xotirada saqlash orqali ishlash tezligini oshirishga harakat qilsa-da, vaqt o‘tishi bilan bu xotira to‘lib qoladi va smartfon sekinlashishiga olib keladi.

Navigatsiya xizmatlari, xususan xarita dasturlari ham oflayn rejimda ishlash qulayligini ta’minlash uchun marshrut ma’lumotlarini oldindan yuklab oladi. Bu jarayon protsessor va xotira resurslaridan uzluksiz foydalanishni talab etadi.

Ob-havo ma’lumotlarini ko‘rsatuvchi dasturlar ham ortiqcha resurs sarflovchilar qatoriga kiradi. Ular meteoma’lumotlarni yangilash uchun internet tarmog‘iga doimiy ulanib turadi, bu esa o‘z navbatida mobil trafikning sarflanishiga va batareyaning quvvatsizlanishiga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislar fikricha, smartfon samaradorligini oshirish uchun ushbu ilovalarning fon rejimdagi ruxsatlarini nazorat qilish hamda keraksiz xizmatlarni vaqti-vaqti bilan o‘chirib turish maqsadga muvofiqdir. Qurilmani muntazam tozalab borish va faqat zarur bo‘lgan dasturlargina ruxsat berish orqali smartfonning xizmat muddatini uzaytirish hamda uning tezkor ishlashini ta’minlash mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026