Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Koinotga yuk tashuvchi yangi qurilma aerodromda sinovdan o‘tkazildi

Texnologiya
7
Koinotga yuk tashuvchi yangi qurilma aerodromda sinovdan o'tkazildi
Kaliforniyada faoliyat yurituvchi Fenix Space startapi koinotga yuk tashish sohasida inqilobiy qadam tashladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya ananaviy kosmodromlarga ehtiyoj sezmaydigan, foydali yuklarni orbitaga olib chiqishning yangi usulini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Fenix Alpha deb nomlangan qurilmaning bir haftalik parvozlari shuni ko‘rsatdiki, ushbu apparat vertikal uchish maydonchalari o‘rniga oddiy aerodrom infratuzilmasidan foydalangan holda havoga ko‘tarilishi va qo‘nishi mumkin.

Mazkur yangilik koinot sanoatida logistika xarajatlarini kamaytirish va parvozlar tezkorligini oshirish yo‘lida muhim ahamiyatga ega. Ushbu loyihada qo‘llanilgan usul o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va u ko‘proq planer uchirilishini eslatadi.

Bunda maxsus uchirish qurilmasi samolyot-tashuvchi ortiga tirkama sifatida ulanadi va havoga ko‘tariladi. Muayyan balandlikka yetgach, apparat asosiy samolyotdan ajralib chiqadi va o‘z dvigatellarini ishga tushirib, koinot sari yo‘l oladi.

O‘tkazilgan to‘rtta sinov parvozi davomida prototip tashuvchidan muvaffaqiyatli ajralib, mustaqil ravishda murakkab harakatlarni bajarishga qodirligini isbotladi. Qurilmaning barcha harakatlari kompaniya muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot va bort elektron tizimlari orqali boshqarildi.

Loyiha bugungi kunda AQSh koinot sanoatidagi eng og‘riqli nuqtalardan birini hal etishga qaratilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatdagi kosmodromlar haddan tashqari yuklangan bo‘lib, parvozlar soni keskin ortib bormoqda.

Masalan, so‘nggi bir necha yil ichida orbital parvozlar miqdori ikki barobardan ko‘proqqa oshgan bo‘lsa-da, soha hamon o‘tgan asrning o‘rtalarida qurilgan sanoqli maydonchalarga bog‘lanib qolgan. Fenix Space taklif etayotgan yechim esa istalgan yirik aerodromdan foydalanish imkonini beradi, bu esa navbatlarni kamaytiradi va jarayonni ancha arzonlashtiradi.

Kompaniya rahbari Jeyson Lining ta’kidlashicha, mavjud uchish-qo‘nish yo‘laklari va ko‘p marotaba foydalaniladigan aviatsiya vositalaridan foydalanish koinot missiyalari tannarxini sezilarli darajada pasaytiradi. Rejaga ko‘ra, ushbu tizim 2028-yilda to‘liq tijorat maqsadlarida ishga tushiriladi.

Dastlabki bosqichda kichik sun’iy yo‘ldoshlarni Yer atrofidagi past orbitalarga yetkazish va yuqori tezlikdagi texnik sinovlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu kabi texnologiyalar kelajakda koinotga chiqishni yanada ommaviy va qulay qilishga xizmat qiladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026