Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Texasda aholi noroziligi sababli ma’lumotlar markazlari qurilishi taqiqlandi

Texnologiya
6
Texasda aholi noroziligi sababli ma'lumotlar markazlari qurilishi taqiqlandi
Texas shtatining Xill okrugi ma’muriyati qishloq hududlarida ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari qurilishiga bir yil muddatga taqiq qo‘yish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu cheklov mahalliy aholining sun’iy intellekt infratuzilmasi kengayishi oqibatida turmush sifati yomonlashayotganidan noroziligi sababli joriy etildi. Odatda Texas shtati arzon elektr energiyasi va tadbirkorlik uchun qulay qonunchilik tizimi tufayli yirik texnologik loyihalar uchun eng maqbul hudud hisoblanadi.

Biroq so‘nggi vaqtlarda bunday loyihalarning salbiy oqibatlari ko‘proq ko‘zga tashlana boshladi. Vaqtincha taqiq e’lon qilinishiga Provindent Data Centers kompaniyasining Xillsboro shahri yaqinida rejalashtirgan yirik qurilish loyihasi asosiy turtki bo‘ldi.

Shahar boshqaruvidan tashqarida joylashgan hududlarda ruxsatnoma olish jarayonlari ancha sodda bo‘lgani sababli, yirik texnologik operatorlar aynan shu joylarni tanlamoqda. Mahalliy aholi esa bunday markazlar ishga tushishi natijasida elektr energiyasi narxi oshishi, umumiy tarmoqqa tushadigan yuklamaning ortishi va doimiy shovqin kabi muammolardan qattiq xavotirga tushmoqda.

Okrug mutasaddilari sun’iy intellekt infratuzilmasining rivojlanish sur’ati davlat organlarining nazorat qilish imkoniyatlaridan ancha ilgarilab ketganini tan oldilar. Okrug komissari Jim Xolkombning ta’kidlashicha, ko‘plab kompaniyalar Texasning huquqiy nazorat sust bo‘lgan hududlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda.

Hozirda okrug rahbariyati ushbu yirik texnologik obyektlarning energetika tizimiga va atrof-muhitga ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ishni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi. Mazkur qaror shtat darajasida huquqiy bahslarga ham sabab bo‘lmoqda.

Xususan, okrug prokurori va shtat senatori Pol Bettenkurt ushbu moratoriyning amaldagi qonunchilikka nechoqlik mos kelishini tekshirishni talab qilmoqda. Mazkur holat butun Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab kuzatilayotgan sun’iy intellekt taraqqiyoti fonida infratuzilma yetishmovchiligi va energiya quvvatlari tanqisligi qanchalik jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammoga aylanganini yaqqol ko‘rsatib bermoqda.

Texnologik o‘sish va aholi manfaatlarini muvozanatga keltirish bugungi kunda asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026