Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+22°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, janub
ENRU

Suntiy intellekt noyob ma’lumotlar bazasiga ega kompaniyalarni almashtira olmaydi

Texnologiya
20
Suntiy intellekt noyob ma'lumotlar bazasiga ega kompaniyalarni almashtira olmaydi
Suniy intellekt texnologiyalari keng ommalashmasdan avval tashkil etilgan startaplar bugungi kunda sarmoyadorlar e’tiboridan biroz chetda qolayotgani hech kimga sir emas. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq toqqiz yillik tarixga ega bo‘lgan H1 tibbiy ma’lumotlar platformasi asoschisi va bosh direktori Ariel Kats barcha dasturiy ta’minot xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarga bir xil yondashmaslik kerakligini ta’kidlamoqda. Uning fikricha, ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi oddiy xizmatlarni suniy intellekt osongina almashtirishi mumkin.

Ammo fundamental ma’lumotlar yetkazib beruvchi va noyob bazaga ega bo‘lgan kompaniyalar uchun bunday xavf ancha kam. H1 kompaniyasining biznes modeli farmatsevtika korxonalari, shifoxonalar va sug‘urta tashkilotlariga shifokorlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etishga asoslangan.

Katsning aytishicha, yirik til modellari ularning o‘rnini bosa olmaydi. Aksincha, kompaniya to‘playdigan global ma’lumotlar suniy intellekt modellarini yaratuvchilar uchun shunchalik qimmatli bo‘lishi mumkinki, ular raqobatchi emas, balki asosiy mijozga aylanishi ehtimoli yuqori.

Bu esa ma’lumotlar manbayiga ega bo‘lgan biznesning barqarorligini ta’minlaydi. CVS Health Ventures venchur jamg‘armasi ushbu qarashni qo‘llab-quvvatladi va H1 loyihasi uchun qirq million dollarlik sarmoya kiritish jarayoniga boshchilik qildi.

Ariel Katsning so‘zlariga ko‘ra, aslida startap qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishga muhtoj emas edi. Kompaniya o‘tgan yili asosiy faoliyatidan foyda ko‘rishni boshlagan va joriy yilda qirq foizdan ortiq o‘sishni rejalashtirmoqda.

Biroq dunyodagi eng yirik sog‘liqni saqlash kompaniyalaridan biri bilan hamkorlik qilish imkoniyati ular uchun juda muhim strategik qadam bo‘ldi. Hozirgi vaqtda an’anaviy sarmoyadorlar ko‘proq yangi suniy intellekt startaplariga yuqori baho berishmoqda.

Shu sababli H1 kabi barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega kompaniyalar ularni unchalik qiziqtirmasligi mumkin. H1 oxirgi marta uch yil avval, texnologiya sohasi rivojlanishning eng yuqori nuqtasiga chiqqan paytda yetti yuz ellik million dollarga baholangan edi.

O‘shandan beri kompaniya o‘z e’tiborini sof foyda ko‘rishga va kichikroq raqobatchilarni sotib olish orqali bozordagi o‘rnini mustahkamlashga qaratmoqda. Bu esa uzoq muddatli istiqbolda kompaniyaning mustahkam poydevorga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026