Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+13°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Shveysariyalik olimlar mukammal tasodifiy sonlar ketma-ketligini yaratishga muvaffaq bo‘ldi

Texnologiya
67
Shveysariyalik olimlar mukammal tasodifiy sonlar ketma-ketligini yaratishga muvaffaq bo'ldi
Syurixdagi Shveysariya oliy texnika maktabi tadqiqotchilari ko‘p yillar davomida amalga oshirib bo‘lmaydi deb hisoblangan muhim natijaga erishganliklarini e’lon qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Olimlar matematik jihatdan isbotlanishi mumkin bo‘lgan mukammal tasodifiy sonlar ketma-ketligini yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bir qarashda bu oddiy vazifa bo‘lib tuyulsa-da, amalda hatto eng sifatli o‘yin suyaklari, tangalar va zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida olinadigan tasodifiy sonlar ham ma’lum darajada noaniqlikka yoki takrorlanuvchi qonuniyatlarga ega bo‘ladi.

Fizik olimlar Renato Renner va Andreas Vallraff boshchiligidagi guruh ushbu muammoni hal qilish uchun tasodifiylikni kuchaytirish usulini taklif qilishdi. Tajriba davomida deyarli mutlaq nol haroratgacha sovitilgan va o‘ttiz metrlik maxsus aloqa liniyasi bilan bog‘langan ikkita o‘ta o‘tkazuvchan kvant bitidan foydalanildi.

Ushbu kvant bitlari o‘zaro chalkashlik holatida bo‘lib, bunda bir ob’ektning o‘lchov natijasi darhol ikkinchisi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu holat tizimning tashqi ta’sirlardan xoli ekanini ta’minlaydi.

Tadqiqotning asosiy qismini Bell sinovining takomillashtirilgan uslubi tashkil etadi. Mazkur tajriba olingan natijalar yashirin omillar bilan emas, balki tizimning haqiqiy kvant tabiati bilan belgilanishini tekshirish imkonini beradi.

Tadqiqotchilar o‘lchash usulini tanlash uchun ataylab nomukammal vositalardan foydalangan bo‘lsalar-da, maxsus hisoblash algoritmi olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, ulardan matematik jihatdan ideal tasodifiylikni ajratib oldi. Olimlarning ta’kidlashicha, endilikda nafaqat tasodifiy sonlarni yaratish, balki ularning tasodifiyligini fizik nuqtai nazardan to‘liq tasdiqlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bu shunchaki statistik yaqinlashish emas, balki kelajakda qanday tahlil usullari yoki quvvatli hisoblash mashinalari ishlab chiqilishidan qat’i nazar, o‘zining tasodifiylik xususiyatini mutlaqo yo‘qotmaydigan natijadir. Ushbu kashfiyotning amaliy ahamiyati beqiyosdir.

Zamonaviy ma’lumotlarni shifrlash tizimlari, raqamli imzolar, kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalari aynan tasodifiy sonlar sifatiga tayanadi. Agar tasodifiylik manbasida zarracha bashorat qilinadigan holat bo‘lsa, bu butun xavfsizlik tizimini xavf ostiga qo‘yadi.

Mualliflar o‘z ishlanmalarini atom soatlariga qiyoslashmoqda. Agar atom soatlari dunyo uchun vaqt o‘lchovi standarti bo‘lsa, kvant generatorlari kelajak raqamli infratuzilmasi uchun ishonchlilik va tasodifiylik standarti bo‘lib xizmat qiladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026