ENRU

TikTok mehmonxonalarni band qilish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Texnologiya
23
TikTok mehmonxonalarni band qilish xizmatini yo‘lga qo‘ydi
TikTok bugungi kunda shunchaki ijtimoiy tarmoq giganti bo‘lishdan to‘xtab, keng qamrovli raqamli muhitga aylanib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Video platforma o‘z ichiga onlayn savdo, mahalliy qidiruv tizimlari, raqamli xaritalar, interaktiv o‘yinlar va boshqa ko‘plab foydali funksiyalarni qo‘shib kelayotgan edi. Endilikda kompaniya mehmonxonalarni band qilish xizmatini yo‘lga qo‘ydi va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi litsenziyani olishga kirishdi.

Bu qadamlar TikTokning Xitoydagi WeChat ilovasi kabi barcha raqamli ehtiyojlarni bir joyda jamlovchi universal dasturga aylanish strategiyasini anglatadi. Bu haqda xorijiy axborot manbalari, jumladan, Techcrunch nashri xabar beradi.

Yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishga tushirilgan TikTok GO xizmati foydalanuvchilarga mehmonxonalar va turistik maskanlarni bevosita ilova ichida topish hamda band qilish imkonini beradi. Ilgari foydalanuvchilar qiziqarli saytlar haqida videolarni tomosha qilib, boshqa platformalarga o‘tishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, endi TikTok barcha jarayonni o‘zida jamlamoqda.

Bu esa platformani nafaqat ijtimoiy tarmoq, balki Google qidiruv tizimi va raqamli xaritalar xizmatlarining jiddiy raqobatchisiga aylantirmoqda. Bundan tashqari, TikTok moliya bozoriga ham faol kirib bormoqda.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, kompaniya Braziliya Markaziy bankiga to‘lov xizmatlari va kreditlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi texnologik kompaniya sifatida ishlash uchun ariza topshirgan. Kutilayotgan litsenziyalar foydalanuvchilarga pul saqlash, o‘tkazmalarni amalga oshirish va hatto kredit olish imkoniyatini taqdim etadi.

TikTokning ushbu o‘zgarishi foydalanuvchilarning ilova ichida o‘tkazadigan vaqtini ko‘paytirish va yangi daromad manbalarini yaratishga qaratilgan. Kompaniya shunchaki ko‘ngilochar kontent platformasi bo‘lishdan chiqib, elektron tijorat, turizm va moliya sohalarini birlashtirgan yagona raqamli manzilga aylanishni maqsad qilgan.

Bu jarayon raqamli dunyoda qulaylik va tezlikka bo‘lgan talab ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Foydalanuvchilar uchun bu esa barcha zarur xizmatlarni bitta ilova orqali olish imkoniyatini beradi.

Keling kelajakda TikTok qanday yangiliklar bilan hayratlantisini kuzatib boramiz.

O‘xshash yangiliklar

Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Foydalanuvchilar qurilmadan
TexnologiyaKecha, 18:36
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika sun'iy intellekt xatosi tufayli siyosat hujjatini qaytarib oldi
Janubiy Afrika Respublikasi sun'iy intellekt yordamida tuzilgan milliy siyosat hujjatini noto'g'ri ilmiy manbalar tufayli qaytarib oldi. Hujjatda 67 ta istiqbolga
TexnologiyaKecha, 12:54
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
24-oktyabr 2026-yilda iPhone 18 smartfonlari aylamidagi joriy bozor narxlari e'lon qilindi. Narxlar modelga, xotira hajmiga, rangga va SIM-karta turiga qarab farq
Texnologiya11:26, 24-10-2026
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Ilon Mask boshchiligidagi Tesla kompaniyasi 2026 yil 15-oktyabrdagi taqdimotda yangi avlod Roadster superkarini ko‘rsatdi. Avtomobil an’anaviy giperkarlar chegarasidan
Texnologiya12:34, 23-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay xalqaro to‘lov tizimi yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, xizmatning texnik tayyorgarlik
Texnologiya16:50, 22-10-2026
Telegram ovozli qo'ng'iroqlari O'zbekistonda ishlamayapti
Telegram ovozli qo'ng'iroqlari O'zbekistonda ishlamayapti
O'zbekistonda Telegram messenjeri orqali ovozli qo'ng'iroqlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda qo'ng'iroqlarning
Texnologiya14:49, 22-10-2026