Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+11°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

SpaceX «Starfall» apparati birinchi uchishni rejalashtirdi

Texnologiya
30
SpaceX «Starfall» apparati birinchi uchishni rejalashtirdi
Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasi bugun, 23-iyun kuni o‘zining eng yangi va sirli ishlanmalaridan biri — Starfall kosmik apparatini ilk bor koinotga uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu missiya nafaqat texnologik murakkabligi, balki kosmik yuk tashish sohasida yangi davrni boshlab berishi bilan ham soha mutaxassislari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) ma’lumotlariga ko‘ra, Starfall apparati ikkita qismdan iborat bo‘lib, uning konstruktsiyasi o‘ta chidamli materiallardan ishlangan. Apparatning yuqori qismi og‘irligi taxminan 1400 kilogramm bo‘lgan alyuminiy konstruksiydan iborat bo‘lib, u maxsus issiqlikdan himoya qiluvchi qatlam bilan qoplangan.

Bu qism parvozning eng yuqori bosqichlarida asosiy yukni o‘z ichiga oladi. Qurilmaning pastki qismi esa issiqlik qalqoni vazifasini bajaradi.

U uglerod tolasidan tayyorlangan bo‘lib, umumiy vazni 700 kilogramm atrofida. Ushbu qismga yuqori bosimli ballonlar (COPV) o‘rnatilgan bo‘lib, ular apparatning atmosferaga qayta kirish jarayonida yo‘nalshni boshqarish uchun inert gaz (ehtimol, azot) bilan ta’minlaydi.

Texnik imkoniyatlar va xavfsiz qo‘nish Starfall apparatining asosiy xususiyati uning atmosferaga qayta kirish vaqtida ikkita qismga ajralishidir. Plazma bosqichidan o‘tgandan keyin, apparat tezligini pasaytirish uchun tormozlovchi va asosiy parashyutlar tizimi ishga tushadi.

Bu esa qurilmaning okeanga xavfsiz tarzda qo‘nishini (splashdown) ta’minlaydi. SpaceX ushbu texnologiya orqali yuklarni qayta foydalanish imkoniyati bilan yetkazib berishni maqsad qilgan.

Kompaniya kelajakda Starfall apparatlarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ushbu qurilmalardan turli sohalarda, jumladan, gumanitar va tijorat maqsadlarida foydalanish ko‘zda tutilgan.

Biroq eng muhim yo‘nalishlardan biri harbiy maqsadlar bo‘lishi mumkin. Xususan, Starfall yordamida yuklarni dunyoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga o‘ta qisqa vaqt ichida yetkazib berish imkoniyati harbiylar uchun juda qol keladi.

Bu nizo hududlariga yoki favqulodda yordamga muhtoj rayonlarga o‘ta muhim yuklarni tezkor yetkazishda inqilobiy yechim bo‘lishi kutilmoqda. Ixbt.com nashrining yozishicha, ushbu parvoz Falcon 9 raketa-tashuvchisining birinchi bosqichi uchun rekord darajadagi 29-missiya bo‘ldi.

Avvalroq ushbu raketa Crew-6, SES O3b mPOWER-B va 23 ta Starlink missiyalari kabi muhim loyihalarda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Bugungi start SpaceX uchun qayta foydalaniladigan texnologiyalar borasidagi navbatdagi muhim imtihon hisoblanadi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026