Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Xitoyning LineShine superkompyuteri Top500 birinchisi bo‘ldi

Texnologiya
55
Xitoyning LineShine superkompyuteri Top500 birinchisi bo‘ldi
Xalqaro texnologiya olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xitoyning yangi LineShine superkompyuteri nufuzli Top500 reytingida birinchi o‘rinni egallab, AQSHning El Capitan tizimini ortda qoldirdi. Bu nafaqat hisoblash quvvati bo‘yicha rekord, balki Xitoyning G‘arb sanksiyalariga qaramay o‘z texnologik mustaqilligini namoyish etishi sifatida baholanmoqda.

Shenjen shahridagi Milliy superkompyuter hisoblash markazida o‘rnatilgan LineShine tizimi Linpack testida 2,198 ekzaflops unumdorlikni qayd etdi. Bu ko‘rsatkich bilan u insoniyat tarixida FP64 hisoblashlarida 2 ekzaflops chegarasini zabt etgan ilk superkompyuterga aylandi.

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu natijaga hech qanday grafik tezlatkichlarsiz, faqat markaziy protsessorlar yordamida erishilgan. LineShine tizimining asosi Xitoyda ishlab chiqilgan Armv9 arxitekturasiga asoslangan LX2 protsessorlaridan iborat.

Har bir protsessor 304 ta hisoblash yadrosiga ega bo‘lib, 1,55 gigahertz chastotada ishlaydi. Umumiy hisobda tizim taxminan 13,8 million yadroni o‘z ichiga oladi.

Mazkur majmua LingQi nomli yuqori tezlikdagi ichki tarmoq va har bir protsessor uchun 4 terabayt tezlikdagi o‘tkazuvchanlikka ega HBM xotirasi bilan jihozlangan. Shuningdek, har bir hisoblash tuguni qo‘shimcha ravishda 256 gigabayt DDR5 xotirasi bilan ta’minlangan.

Bunday ulkan quvvatni ushlab turish uchun tizim 42,2 megavatt energiya iste’mol qiladi. LineShine nafaqat an’anaviy Top500, balki ilmiy va muhandislik vazifalari uchun muhimroq hisoblangan HPCG reytingida ham peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Uni ta’kidlash joizki, LineShine sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarda AQSHning El Capitan, Frontier va Aurora kabi raqiblaridan biroz ortda qoladi. HPL-MxP testida xitoylik tizim 7,92 ekzaflops natija ko‘rsatgan.

Buning sababi tizimning arxitektorasida. U AMD Instinct yoki Intel Ponte Vecchio kabi maxsus sun’iy intellekt tezlatkichlariga emas, balki klassik protsessorli hisoblashlarga tayanadi.

Ishlab chiqaruvchilar asosiy e’tiborni ilmiy modellashtirish, murakkab muhandislik hisob-kitoblari va yuqori unumdorlikdagi fundamental tadqiqotlarga qaratgan. Bu yondashuv LineShine tizimini sof ilmiy maqsadlar uchun eng mukammal vositaga aylantiradi.

LineShine tizimining muvaffaqiyati AQSH tomonidan kiritilgan eksport cheklovlari sharoitida Xitoy o‘zining texnologik bazasini mustaqil rivojlantiga olishini isbotladi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu yutuq global superkompyuterlar bozorida kuchlar muvozanatini o‘zgartirib, kelgusida yanada kuchliroq va energiya tejamkor tizimlar yaratilishiga turtki bo‘ladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026