Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

AQSHda yoqilg‘i narxlarini sun’iy intellekt bilan manipulyatsiya qilganlikda kompaniyaga da’vo qo‘zg‘atildi

Texnologiya
52
AQSHda yoqilg‘i narxlarini sun’iy intellekt bilan manipulyatsiya qilganlikda kompaniyaga da’vo qo‘zg‘atildi
AQSHning Kaliforniya shtatida yirik yoqilg‘i quyish shoxobchalari operatorlari va dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi Kalibrate Fuel Systems kompaniyasiga qarshi jamoaviy da’vo qo‘zg‘atildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Da’voda keltirilishicha, kompaniyalar sun’iy intellektga asoslangan narx belgilash tizimidan foydalanib, yoqilg‘i narxlarini o‘zaro muvofiqlashtirgan va bu haydovchilarning millionlab dollar zarar ko‘rishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Sakramento federal sudiga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, Walmart, Marathon Petroleum, BP va 7-Eleven kabi gigantlar ushbu ishda javobgar sifatida ishtirok etmoqda. Da’vogarlar Kalibrate kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan hisoblash bozordagi raqobatni bo‘g‘ish va narxlarni yuqori darajada ushlab turish uchun vosita bo‘lib xizmat qilganini ta’kidlamoqda.

Algoritmlar ortidagi yashirin kelishuv xabar beruvchi manbalarga ko‘ra, Kaliforniyadagi 1700 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchasi Kalibrate platformasidan foydalangan. Ushbu tizim boshqa ishtirokchilarning maxfiy bozor ma’lumotlariga tayanib, yoqilg‘i narxini avtomatik ravishda hisoblab chiqqan.

Mutaxassislarning fikricha, bunday mexanizm amalda erkin raqobatni cheklab, narxlarning sun’iy ravishda yuqorilab ketishiga olib kelgan. Sud materiallarida keltirilishicha, ushbu hisoblash tufayli benzin narxi har bir gallon uchun 22 sentga, dizel yoqilg‘isi esa 33 sentga qimmatlashgan bo‘lishi mumkin.

Bir qarashda kichik tuyulgan bir sentlik farq ham Kaliforniya haydovchilari uchun yiliga qariyb 134 million dollar qo‘shimcha xarajat deganidir. Qonunchilik va texnologik nazorat sohasidagi tahlillarga ko‘ra, ushbu sud jarayoni sun’iy intellektni narx shakllantirishda qo‘llash bilan bog‘liq dunyodagi ilk yirik huquqiy to‘qnashuvlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Ish markazida Kaliforniyada 2025-yilda kuchga kirgan AB 325 qonuni turibdi. Mazkur qonun bozor ishtirokchilari o‘rtasida raqobatga zid xatti-harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan umumiy hisoblash vositalaridan foydalanishni taqiqlaydi.

Hozircha ayblanayotgan kompaniyalar o‘z ayblarini tan olgani yo‘q. Kalibrate vakillari har bir mijoz uchun sun’iy intellektning alohida nusxasi taqdim etilishini va ma’lumotlar raqobatchilar o‘rtasida almashilmasligini da’vo qilmoqda.

Walmart esa da’voni o‘rganib chiqayotganini va o‘z pozitsiyasini sudda himoya qilishini ma’lum qildi. Ushbu holat jahon miqyosida sun’iy intellektni tartibga solish masalasini yana bir bor muhim masalaga aylantirdi.

Agar ayblovlar tasdiqlansa, bu nafaqat AQSH, balki butun dunyoda raqamli iqtisodiyot va narx belgilash hisoblash vositalariga nisbatan nazoratning keskin kuchayishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026