Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Rosatom yangi avlod atom energetikasi zavodi loyihasini ishlab chiqmoqda

Texnologiya
20
Rosatom yangi avlod atom energetikasi zavodi loyihasini ishlab chiqmoqda
Rossiyaning Rosatom davlat korporatsiyasi yangi avlod atom energetikasini rivojlantirish yo‘liida ulkan qadam tashlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Korporatsiya ishlatilgan yadro yoqilg‘isini qayta ishlashga ixtisoslashgan, mamlakatdagi eng yirik yuqori quvvatli zavod loyihasini ishlab chiqmoqda. Ushbu loyiha IV avlod atom energetikasi loyihalarini xomashyo bilan ta‘minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda Rosatom mutaxassislari investitsiyalarni asoslash bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Mazkur jarayon doirasida yangi sanoat majmuasi quriladigan maydon aniqlanadi.

Qurilish joyi bo‘yicha yakuniy qaror joriy yilning oxiriga qadar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari korporatsiya ma‘motlariga tayanib xabar bermoqda.

Yangi zavodning dizayni modulli tizim asosida ishlab chiqiladi. Bu esa kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirib borish imkonini beradi.

Rejaga ko‘ra, birinchi modul yiliga 400 tonna yoqilg‘ini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Majmuaning to‘liq loyiha quvvatiga chiqishi kelgusi o‘n yillikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur korxona ham issiqlik, ham tezkor reaktorlar yoqilg‘isini qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu Rossiya atom sanoatida yopiq yadro yoqilg‘isi sikliga o‘tishda muhim bo‘g‘in vazifasini o‘taydi.

Foydalanishga topshirilgandan so‘ng, zavod infratuzilmasi regeneratsiya qilingan yadro materiallarini yoqilg‘i sikliga qayta-qayta jalb etish imkonini beradi. IV avlod texnologiyalari yadro yoqilg‘idan yanada samarali foydalanish, xavfsizlik darajasini oshirish va radioaktiv chiqindilar miqdorini sezilarli darajada kamaytirishni nazarda tutadi.

Rossiya ushbu yo‘nalishda dunyodagi yetakchi davlatlardan biri sanaladi. Xususan, Beloyarsk AESda BN-1200M energoblogini qurish bo‘yicha loyihaoldi ishlari boshlab yuborilgan.

Shuningdek, Tomsk viloyatida dunyo amaliyotida ilk bor bitta maydonning o‘zida BREST-OD-300 reaktori va stansiya qoshidagi yopiq yadro yoqilg‘i sikli majmuasi barpo etilmoqda. Yangi quriladigan zavod aynan mana shunday innovatsion loyihalarni barqaror yoqilg‘i bilan ta‘minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston ham o‘z energetika balansini diversifikatsiya qilish maqsadida atom energetikasini rivojlantirishni rejalashtirayotgan bir paytda, mintaqaviy hamkor hisoblangan Rosatomning bunday texnologik yutuqlari soha mutaxassislari tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda. Yopiq sikl texnologiyalari kelajakda yadro energetikasining ekologik tozaligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026