Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+13°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Deezer muxlislarga sun’iy intellekt orqali remikslash imkoniyatini berdi

Texnologiya
53
Deezer muxlislarga sun’iy intellekt orqali remikslash imkoniyatini berdi
Global musiqa striming xizmati Deezer o‘zining yangi Remix Lab funksiyasini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu yangilik muxlislarga sevimli qo‘shiqlarni ijodiy qayta ishlash imkoniyatini beradi. Eng muhimi, barcha jarayon asl ijrochilar va mualliflik huquqi egalarining roziligi asosida amalga oshiriladi.

San’atkorlar har bir tinglovdan daromad olishda davom etadi. Techcrunch.com saytining xabar berishicha, bu xizmat raqobatchilarga qarshi ajralib turuvchi xususiyatlarga ega.

Hozirda YouTube va Spotify kabi platformalar sun’iy intellekt vositasida remikslar yaratishga urg‘u bermoqda. Biroq Deezer boshqacha yo‘ldan borishni afzal ko‘rdi.

ixbt.com ma’lumotiga ko‘ra, Remix Lab ilova ichidagi maxsus vositalar orqali ishlaydi. Foydalanuvchilar qo‘shqning tezligini o‘zgartirishi, ovoz effektlarini qo‘shishi yoki janrni butunlay yangilashi mumkin.

Deezer uzoq vaqtdan beri musiqa sanoatida sun’iy intellektning haddan tashqari ko‘payishiga qarshi chiqib kelmoqda. Platforma yaqinda Spotify va Apple Music kabi xizmatlardagi pleylistlarni tahlil qilib, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan taronalarni aniqlash vositasini joriy qilgan edi.

Kompaniya bunday treklarni o‘z tavsiyalaridan olib tashlaydigan kam sonli servislar sirasiga kiradi. Deezer bosh direktori Alexis Lanternierning ta’kidlashicha, ushbu remiks vositasi muxlislarga ijodiy jarayonda bevosita ishtirok etish va sevimli musiqalari bilan yanada yaqinroq bog‘lanish imkonini beradi.

Barcha funksiyalar san’atkorlarning to‘liq ishtiroki va huquqlarini hurmat qilgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir trek uchun maksimal daromadni ta’minlaydi. Hozircha Remix Lab funksiyasi sinov tariqasida Fransiyada ishga tushirildi.

Foydalanuvchilar Celine Dion, Alain Souchon, Alonzo va Ronisia kabi taniqli fransuz ijrochilarining asarlarini qayta ishlashlari mumkin. Kelajakda ushbu xizmatni boshqa mamlakatlarda ham joriy etish rejalashtirilgan.

Musiqa sanoati ekspertlarining fikricha, Deezer taklif qilayotgan ushbu model sun’iy intellekt bosqiniga qarshi samarali muqobil bo‘lishi mumkin. Agar loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, boshqa striming platformalari ham mualliflik huquqini saqlagan holda muxlislar bilan aloqa qilishning shunday usulini tanlashi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Deezer Club doirasida maxsus tanlovlar ham tashkil etilmoqda. Eng yaxshi remiks mualliflari sentyabr oyi boshida e’lon qilinadi.

G‘olib bo‘lgan treklar Deezer platformasidagi maxsus pleylistga kiritiladi. Mualliflar Deezer Purple Door tadbirlariga chiptalar hamda eksklyuziv sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026