Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Tata Electronics tizimlariga kiberhujum uyushtirildi, Apple va Tesla maxfiy ma’lumotlari sizib chiqqan bo‘lishi mumkin

Texnologiya
13
Tata Electronics tizimlariga kiberhujum uyushtirildi, Apple va Tesla maxfiy ma’lumotlari sizib chiqqan bo‘lishi mumkin
Hindistonning eng yirik texnologik gigantlaridan biri hisoblangan Tata Electronics kompaniyasi o‘z tizimlariga kiberhujum uyushtirilganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa natijasida jahon texnologiya bozorining yetakchilari — Apple va Tesla kompaniyalariga tegishli maxfiy ma’lumotlar tarmoqqa sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligi xavotirga solmoqda. Hozirda mutaxassislar o‘g‘irlangan ma’lumotlar ko‘lamini o‘rganishmoqda.

Bu haqda Ixbt.com xabar beradi. Xakerlik forumlarida paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlangan fayllarning umumiy hajmi 630 gigabaytdan oshadi.

Bu to‘plam 204 300 dan ortiq faylni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular orasida Apple yetkazib beruvchilarining texnik spetsifikatsiyalari va Tesla ishlab chiqarish jarayoniga oid hujjatlar borligi aytilmoqda. TechCrunch nashri ushbu ma’lumotlarning bir qismini tekshirib, ularning haqiqiyligi ehtimoli yuqori ekanligini ma’lum qildi.

Kiberxavfsizlik sohasidagi ekspert Rajshekhar Rajaharia ta’kidlashicha, sizib chiqqan ma’lumotlara Outlook elektron pochta xizmatidagi yozishmalar, SAP tizimlarining materiallari va Tata Electronics mijozlariga tegishli loyiha hujjatlari kiradi. Tata Electronics vakili kompaniya bir necha hafta oldin tizimlarda shubhali faollikni aniqlagani va darhol choralar ko‘rganini tasdiqladi.

Kompaniya rahbariyati ushbu hodisa operatsion faoliyatga, ya’ni zavodlarning ishlashiga ta’sir qilmaganini ta’kidlamoqda. Biroq, aynan qaysi ma’lumotlar o‘g‘irlangani, qancha xodim yoki hamkor tashkilotlar zarar ko‘rgani haqida batafsil ma’lumot berilmadi.

Apple va Tesla kabi yirik mijozlar bu haqda rasman ogohlantirilganmi yoki yo‘q — bu savol ham hozircha ochiq qolmoqda. Hindistonning global ta’minot zanjiridagi o‘rni alohida ahamiyatga ega.

So‘nggi yillarda Apple, ASML, Intel va Qualcomm kabi kompaniyalar o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini Xitoydan tashqariga, xususan, Hindistonga ko‘chirishga harakat qilmoqda. Tata Electronics ushbu jarayonda asosiy bo‘g‘in bo‘lib, u 2023 yilda Wistron aktivlarini sotib olish orqali iPhone yig‘uvchi birinchi Hindiston kompaniyasiga aylangan edi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Apple allaqachon mazkur holat bo‘yicha o‘zining mustaqil surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Xakerlar o‘g‘irlangan ma’lumotlar evaziga tovon puli talab qilayotgani haqida ham norasmiy ma’lumotlar mavjud.

Tata Group tarkibiga kiruvchi ushbu korxona 2024 yilda Tesla bilan yarimo‘tkazgichlar yetkazib berish bo‘yicha ham shartnoma imzolagan edi. Mazkur voqea global texnologik zanjirlar yangi hududlarga ko‘chirilayotgan bir paytda kiberxavfsizlik masalasi qadar muhim ekanini yana bir bor isbotladi.

Apple va Tesla hozircha vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berishdan tiyilmoqda, biroq ekspertlar bu hodisa Hindistonning ishlab chiqarish markazi sifatidagi nufuziga ta’sir qilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026