ENRU

Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyoning eng kuchligi deb belgilandi

Texnologiya
25
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyoning eng kuchligi deb belgilandi
Texnologiya olamida haqiqiy kuchli raqobat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yuqori samadorli hisoblash bo‘yicha High Performance Linpack reytingida ancha vaqt davomida AQSH superkompyuterlari yetakchilik qilgan edi. Ammo endi yetakchilik o‘rni o‘zgarti.

Xitoyning yangi LineShine superkompyuteri dunyoning eng kuchli hisoblash mashinasi deb vaqf etildi va Amerikaning eng ilg‘or kompyuterlarini ortda qoldirdi. Kuch ko‘rsatkichi: LineShine 2,198 eksaflops tezlikni qayd etdi.

Bu shuni anglatadiki, u ikkinchi o‘rdagi Amerikaning taniqli El Capitan superkompyuteridan taxminan 22 foiz tezroq ishlaydi. Hozirgi kunda dunyaning eng kuchli beshta superkompyuterining reytingi quyidagicha: birinchi o‘rinda Xitoyning LineShine, ikkinchi o‘rinda AQSH El Capitan, uchinchi o‘rinda AQSH Frontier, to‘rtinchi o‘rinda AQSH Aurora va beshinchi o‘rinda Germaniyaning JUPITER Booster kompyuteri mavjud.

Ichki tuzilimi va xalqaro chekvorlarga qarshi kuch Eng qizig‘i, ushbu superkompyuter G‘arb davlatlari tomonidan Xitoyga qo‘yilgan texnologik cheklovlar sharoitida yaratildi. Shu sababli LineShine to‘liq Xitoy mahsulotlariga tayanadi.

Asosiy qismlari: yuragi Xitoyning mahalliy LX2 protsessorlariga asoslangan. Boshqaruv tizimi Xitoyda ishlab chiqilgan Kylin operatsion tizimi hisoblanadi.

Energiya iste’moli barqaror ishlashi uchun taxminan 42,2 megavat elektr energiyasini talab qiladi. Joylashuvi esa Shenchjen bulutli hisoblash markazi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Shenchjen milliy superkompyuter markazida joylashgan.

Loyiha rahbari Lu Yuytunning so‘zlariga ko‘ra, LineShine faqat oddiy hisoblashlar uchun emas, balki global ilmiy masalalar, jumladan iqlim o‘zgarishi va tibbiyot sohalaridagi tadqiqotlarni yechish hamda hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan sun’iy intellekt vazifalarini bajarish uchun xizmat qiladi. Tarixiy va muhim qadam Xitoy superkompyuterlari 2017 yildan beri ilk bor butun dunyo reytingida yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu Xitoy uchun oddiy g‘alaba emas, balki katta siyosiy va texnologik yutuqdir. The Wall Street Journal nashrining izohlariga ko‘ra, Shenchjen milliy superkompyuter markazi bu yutuqni xorijiy texnologik cheklovlarga qaramay mustaqil dasturiy va apparat vositalarini yaratish yo‘lisha tarixiy qadam deb belgiladi.

Xullas, texnologiya sohasidagi raqobat yangi bosqichga o‘tdi. Endi AQSH va Yevropa Xitoyning bu yutuqiga qanday javob berishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Huawei kompaniyasi o‘zining eng qudratli protsessorini namoyish etdi
Huawei kompaniyasi o‘zining eng qudratli protsessorini namoyish etdi
Huawei kompaniyasi o‘zining yangi Mate 90 smartfonlar turkumini ommaga taqdim etish bilan birga, kompaniya tarixidagi eng qudratli hisoblangan Kirin 9050 Pro protsessorini namoyish qildi. Bu haqda
TexnologiyaBugun, 03:53
Huawei kompaniyasi yangi avlod flagman smartfonlarini rasman namoyish etdi
Huawei kompaniyasi yangi avlod flagman smartfonlarini rasman namoyish etdi
Xitoyning texnologiya giganti Huawei kompaniyasi o‘zining yangi avlod flagman smartfonlari turkumini, jumladan, eng yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega Huawei Mate 90 Pro Max modelini rasman namoyish
TexnologiyaBugun, 03:17
AQShda sunʼiy yoʻldosh orqali internet tezligini oshirishga ruxsat berildi
AQShda sunʼiy yoʻldosh orqali internet tezligini oshirishga ruxsat berildi
AQSh Federal aloqa komissiyasi sunʼiy yoʻldosh orqali internet xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalarga, xususan, Starlink tarmogʻiga maʼlumot uzatish samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha
TexnologiyaBugun, 03:02
Apple kompaniyasining ilk buklama smartfoni ishlab chiqarishda muammolarga uchradi
Apple kompaniyasining ilk buklama smartfoni ishlab chiqarishda muammolarga uchradi
Apple kompaniyasining ilk buklama smartfoni hisoblangan iPhone Duo qurilmasini ommaviy ishlab chiqarish jarayonida jiddiy texnik muammolar yuzaga kelmoqda.
TexnologiyaBugun, 02:59
Yirik texnologiya kompaniyalari sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha kelishib oldi
Yirik texnologiya kompaniyalari sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha kelishib oldi
Sun’iy intellekt texnologiyalarining shiddatli taraqqiyoti insoniyat tarixidagi eng yirik kelishuvlardan biriga zamin yaratdi. Dunyoning yetakchi texnologiya
TexnologiyaBugun, 02:55
SpaceX kompaniyasi orbitaga bir vaqtning o'zida yuzdan ortiq qurilma chiqardi
SpaceX kompaniyasi orbitaga bir vaqtning o'zida yuzdan ortiq qurilma chiqardi
SpaceX kompaniyasi o‘zining navbatdagi yirik loyihasini muvaffaqiyatli yakunlab, Yer atrofidagi orbitaga bir vaqtning o‘zida 130 ta sun’iy yo‘ldosh va kichik kosmik qurilmalarni yetkazib berdi. Bu
TexnologiyaBugun, 02:34