Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+14°
дождь ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Dasturchilar sun’iy intellekt tufayli ishsiz qolmayapti

Texnologiya
39
Dasturchilar sun’iy intellekt tufayli ishsiz qolmayapti
Sun’iy intellekt rivojlanishi bilan ko‘plab kasblar yo‘qolib ketishi haqidagi munozaralar avjiga chiqqan bir paytda, yangi tadqiqot kutilmagan natijalarni o‘rtaga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ko‘pincha birinchilardan bo‘lib o‘rnini sun’iy intellekt egallashi taxmin qilingan dasturchilar, aslida texnologiya sanoatidagi eng barqaror va talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar guruhi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda SignalFire venchur kompaniyasi o‘tkazgan keng qamrovli tahlil ma’lumotlarida so‘ boradi.

Sanoatdagi ommaviy ishdan bo‘shatishlar fonida Challenger va Gray Christmas kadrlar agentligi 2024-yilning may oyida qisqartirishlar so‘nggi yillardagi eng yuqori nuqtaga chiqqanini qayd etgan edi. Ushbu jarayonda sun’iy intellekt ilk bor ish o‘rinlari kamayishining asosiy sabablaridan biri sifatida ko‘rsatildi.

Biroq SignalFire tahlilchilari faqat ishdan bo‘shatishlarga emas, balki millionlab xodimlar va sakson milliondan ortiq kompaniyalarning ishga qabul qilish dinamikasiga e’tibor qaratdi. Katta texnologik kompaniyalarda kadrlar tarkibi o‘zgarmoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Alphabet, Apple, Amazon, Microsoft, Netflix, NVIDIA, Tesla va Uber kabi gigant kompaniyalarda umumiy ishga qabul qilish hajmi 2019-yilga nisbatan yigirma besh foizga kamaygan bo‘lsa-da, muhandislar uchun vakansiyalar bor-yo‘g‘i o‘n bir foizga qisqargan. Bu esa dasturchilarga bo‘lgan ehtiyoj boshqa sohalarga qaraganda ancha sekinroq kamayayotganidan dalolat beradi.

E’tiborli jihati shundaki, 2025-yilga kelib yirik korporatsiyalarda yangi ishga olingan xodimlanning ellik besh foizini aynan dasturchilar tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2019-yilda bu ko‘rsatkich qirq olti foiz edi.

Startaplar segmentida esa vaziyat yanada ijobiy: yangi tashkil etilgan texnologik kompaniyalar 2019-yilga nisbatan yetti foiz ko‘proq muhandisni ishga qabul qilgan. SignalFire tadqiqot bo‘limi rahbari Asher Bentokning ta’kidlashicha, agar sun’iy intellekt haqiqatda dasturchilar o‘rnini egallayotgan bo‘lganida, aynan ushbu kasb egalariga bo‘lgan talab keskin tushib ketishi kerak edi.

Amalda esa dasturlash kodi yaratuvchi sun’iy intellekt vositalari mutaxassislarni siqib chiqarmayapti, balki ularning ish unumdorligini oshirmoqda. Soha yetakchilari orasida ham bu borada turlicha fikrlar mavjud.

Masalan, Anthropic bosh direktori Dario Amodei yaqin besh yil ichida sun’iy intellekt ofis ishlarining yarmini yo‘q qilishi mumkinligidan ogohlantirgan bo‘lsa, kompaniyaning bosh iqtisodchisi Piter Makkrori hozircha dasturchilar orasida ishsizlik ortayotganini kuzatmayotganini bildirdi. NVIDIA rahbari Jensen Huang esa yanada qat’iy pozitsiyada.

Uning fikricha, sun’iy intellekt agentlarining joriy etilishi muhandislar sonini kamaytirmaydi, aksincha ularni yanada qadrliroq qiladi. Huangning so‘zlariga ko‘ra, NVIDIA ichida sun’iy intellekt vositalari joriy etilgach, dasturchilar yanada intensiv ishlay boshlagan, chunki kod yozishning avtomatlashishi ularga yangi g‘oyalar va mahsulotlar yaratishga ko‘proq vaqt ajratdi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026