Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Asus ROG NUC 20 yillik maxsus mini kompyuterni taqdim etdi

Texnologiya
39
Asus ROG NUC 20 yillik maxsus mini kompyuterni taqdim etdi
Kompyuter texnologiyalari bozorida yuqori unumdorlikka ega qurilmalari bilan tanilgan Asus kompaniyasi Republic of Gamers brendining yigirma yilligi munosabati bilan maxsus mini kompyuter modelini namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

ROG NUC 20th Anniversary Edition deb nomlangan ushbu qurilma nafaqat o‘zining ixcham o‘lchamlari, balki rekord darajadagi narzi bilan ham texnologiya olami e’tiborini tortdi. Ushbu yubiy nashri Xitoy bozorida 44 ming yuan yoki taxminan 6480 AQSH dollari qiymatida sotuvga chiqdi.

Bunday yuqori narx qurilmaning cheklangan nusxada ishlab chiqarilgani va uning ichiga joylashtirilgan eng so‘nggi texnologik yechimlar bilan izohlanadi. Yangi mini kompyuter qora va oltin ranglar uyg‘unligidagi yarim shaffof korpusga ega bo‘lib, uning hajmi atigi 3 litrni tashkil etadi.

Qurilmaning ichki qismida 24 yadroli Intel Core Ultra 9 290HX Plus protsessori hamda 24 gigabayt GDDR7 xotirali NVIDIA GeForce RTX 5090 Laptop videokartasi joylashgan. Bu kabi texnik ko‘rsatkichlar mini kompyuter segmenti uchun misli ko‘rilmagan quvvat hisoblanadi.

Qurilmaning asosiy texnik xususiyatlari quyidagilardan iborat: 64 gigabayt operativ xotira, uni 128 gigabayt gacha kengaytirish imkoniyati mavjud; 2 terabayt hajmli PCIe Gen6 NVMe SSD xotira qurilmasi; bug‘lanish kamerasi va uchta ventilyatordan iborat sovutish tizimi; 380 vatt quvvatga ega tashqi blok orqali energiya ta’minoti. Asus muhandislari qurilmaning ergonomikasiga ham alohida e’tibor qaratishgan.

Komplektda maxsus olinadigan taglik mavjud bo‘lib, u o‘rnatilgan akselerometr yordamida kompyuterning gorizontal yoki vertikal holatini aniqlaydi va tizim ishini moslashtiradi. Bu foydalanuvchiga ish stolida joyni maksimal darajada tejash imkonini beradi.

Kichik hajmga qaramay, ROG NUC 20th Anniversary Edition keng ko‘lamli portlar bilan jihozlangan. Old panelda USB-A, USB-C va audio konnektor joylashgan bo‘lsa, orqa tomonda Thunderbolt 4, to‘rtta USB-A, ikkitadan HDMI 2.1 va DisplayPort 2.1 portlari mavjud.

Shuningdek, 2.5 gigabaytli Ethernet tarmog‘i ham ko‘zda tutilgan. Simsiz aloqa uchun Intel Killer Wi-Fi 7 va Bluetooth 5.4 modullari javob beradi, bu esa onlayn o‘yinlar va katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishda maksimal tezlikni ta’minlaydi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu model ommaviy foydalanish uchun emas, balki brend ishqibozlari va kolleksionerlar uchun mo‘ljallangan ramziy mahsulotdir. Ushbu mini kompyuter nafaqat o‘yinlar, balki murakkab grafik ishlov berish va sun’iy intellekt algoritmlari bilan ishlash uchun ham bemalol xizmat qila oladi.

Hozircha qurilmaning global bozordagi sotuvlari va boshqa mintaqalardagi narxi haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026