Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

AQSH koinotda kemalarni avtomatik yoqilg‘i bilan to‘ldirish tizimini sinovdan o‘tkazmoqda

Texnologiya
62
AQSH koinotda kemalarni avtomatik yoqilg‘i bilan to‘ldirish tizimini sinovdan o‘tkazmoqda
AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi koinotda kemalarni avtomatik ravishda yoqilg‘i bilan to‘ldirish tizimini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu texnologiya kelajakda Oy, Mars va Quyosh tizimining boshqa uzoq nuqtalariga amalga oshiriladigan missiyalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda. Yangi tizim koinot kemalarining Yerga bog‘liqligini kamaytiradi.

L3Harris kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan suyuq moddali ulanish tuguni loyihaning asosini tashkil etadi. Mazkur qurilma o‘ziga xos avtomatik yoqilg‘i quyish vazifasini o‘taydi.

U koinot apparatini orbital yoqilg‘i stansiyasi bilan bog‘lab, suyuq vodorod va suyuq kislorod kabi o‘ta past haroratli moddalarni xavfsiz o‘tkazishni ta’minlaydi. Koinot texnologiyasidagi murakkab bosqich Marshall kinoat parvozlari markazi loyihasi rahbari Trevers Belcherning ta’kidlashicha, hozirga qadar koinotda ikki apparat o‘rtasida to‘liq avtomatlashtirilgan suyuq moddali yoqilg‘i quyish jarayoni amalga oshirilmagan.

Bu zamonaviy koinot texnologiyasining eng murakkab texnik vazifalaridan biri hisoblanadi. Yangi tizimning asosiy ustunligi shundaki, u astronavtlar ishtirokisiz ko‘p marotaba ulanish va uzilish imkoniyatiga ega.

Muhandislar tizimning moslashuvchanligiga alohida e’tibor qaratishgan. Mexanizm hatto tutashuv jarayonida biroz noaniqliklar yoki apparatlarning siljishi yuz berganda ham ish qobiliyatini saqlab qoladi.

Bu ochiq koinotdagi murakkab sharoitlarda xavfsizlik va ishonchlilikni kafolatlaydigan muhim omildir. Sinovlarning birinchi bosqichida mutaxassislar harorati minus 196 daraja Selsiy bo‘lgan suyuq azotdan foydalandilar.

Qurilma ekstremal sovuq haroratda qayta qayta ulanib, uning yopiqligi va chidamliligi tekshirildi. Shuningdek, real sharoitni modellashtirish maqsadida ataylab mukammal bo‘lmagan tutashuv holatlari yaratildi, biroq tizim barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Uzoq masofali parvozlarda yangi davr hozirda ushbu texnologiya ishlab chiqishning dastlabki bosqichida turibdi. Kelajakda AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi uni Oyga qaytish dasturi va Marsga bo‘lajak ekspeditsiyalar uchun moslashtirishni rejalashtirmoqda.

Orbital yoqilg‘i quyish shoxobchalari koinot parvozlari strategiyasini butunlay o‘zgartirishi mumkin. Agar koinot kemalari yoqilg‘i zaxirasini orbitaning o‘zida to‘ldira olsa, ularga Yer yuzidan barcha yoqilg‘ini olib chiqish talab etilmaydi.

Bu esa quyidagi imkoniyatlarni beradi. Koinot kemalarining yuk ko‘tarish quvvatini oshirish, uzoq masofali missiyalarning narxini sezilarli darajada arzonlashtirish, kattaroq va murakkabroq ilmiy apparatlarni koinotga uchirish, sayyoralararo parvozlarning davomiyligini uzaytirish.

Ekspertlarning fikricha, bunday yoqilg‘i shoxobchalari koinot iqtisodiyotining shakllanishiga va insoniyatning uzoq koinotni o‘zlashtirish borasidagi qadamlariga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026