Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

General Fusion plazma haroratini uch baravar oshirdi

Texnologiya
47
General Fusion plazma haroratini uch baravar oshirdi
Kanadaning General Fusion kompaniyasi o‘zining Lawson Machine 26 qurilmasida o‘tkazilgan sinovlar davomida muhim texnologik natijaga erishganini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadqiqotchilar mexanik siqish usuli yordamida plazma haroratini uch baravardan oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu yutuq insoniyatni boshqariladigan termoyadroviy sintez orqali cheksiz va toza energiya olish maqsadiga yana bir qadam yaqinlashtiradi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, tajriba davomida plazma harorati taxminan 0,72 keV ko‘rsatkichiga yetgan, bu esa Selsiy shkalasi bo‘yicha qariyb 8,4 million darajani tashkil etadi. Bu natija LM26 qurilmasi uchun katta saklash hisoblanadi.

Mazkur qurilma Magnitlangan Nishan Sintezi deb ataluvchi yondashuvni namoyish etish uchun yaratilgan bo‘lib, u an’anaviy termoyadroviy sxemalardan tubdan farq qilishi bilan ajralib turadi. Texnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki, odatda termoyadroviy sintez uchun ulkan magnit maydonlari yoki kuchli lazer qurilmalari qo‘llaniladi.

Biroq General Fusion muhandislari boshqacha yo‘ldan borishmoqda. Ular plazmani suyuq litiydan iborat qobiq yordamida mexanik ravishda siqishadi.

Bu usul texnik jihatdan murakkab bo‘lsa-da, kelajakda ixchamroq va arzonroq reaktorlar yaratish imkonini berishi kutilmoqda. Eksperiment davomida nafaqat harorat ko‘tarilishi, balki plazma zichligining o‘n barobar ortishi ham qayd etildi.

Shuningdek, halqaviy magnit maydoni kuchlanganligi ham sezilarli darajada o‘sgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, siqish jarayoni barqaror kechgan va plazmaning litiy qobig‘i bilan ifloslanishi minimal darajada saqlangan.

Bu bunday turdagi qurilmalar uchun o‘ta muhim ko‘rsatkichdir, chunki begona moddalar reaksiyani so‘ndirishi mumkin. Plazma harorati bir vaqtning o‘zida bir nechta usullar, jumladan, Tomson sochilish usuli va ekstremal ultrabinafsha nurlanish tahlili orqali o‘lchandi.

Qo‘shimcha ravishda, siqilish vaqtida neytronlar oqimining ko‘payishi kuzatildi, bu esa qurilma ichida ayrim termoyadroviy reaksiyalar sodir bo‘layotganidan dalolat berishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, General Fusion hozircha ijobiy energetik balansga erishgani yo‘q.

Ya’ni, tajribani o‘tkazish uchun sarflangan energiya miqdori undan olingan energiyadan ko‘proq. Shuningdek, ushbu natijalar hali to‘liq mustaqil ilmiy ekspertizadan o‘tmagan va hozirda taqriz bosqichida turibdi.

Loyiha jamoasi keyingi bosqichda plazma haroratini 1 keV, so‘ngra esa 10 keV darajasiga yetkazishni maqs. Uzoq muddatli istiqbolda kompaniya barqaror va energetik jihatdan foydali sintezga erishishni ko‘zlamoqda.

Bu shart bajarilsa, termoyadroviy sintez dunyo energetika bozorida haqiqiy inqilobga sabab bo‘lishi mumkin.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026