Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Airbus yangi samolyot loyihasini 2030-yilda boshlaydi

Texnologiya
23
Airbus yangi samolyot loyihasini 2030-yilda boshlaydi
Airbus kompaniyasi o‘zining eng ommabop A320 oilasiga muqobilda bo‘lgan yangi samolyot modeli ustida ishlashni boshlaganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu loyiha aviatsiya bozoridagi mavjud vaziyatni tubdan o‘zgartirishi va yo‘lovchi tashish samaradorligini yanada oshirishi kutilmoqda. Aviation Week nashriga bergan intervyusida Airbus rahbari Guillaume Faury yangi tor fyuzelyajli samolyot loyihasi 2030-yilda boshlanishini aytdi.

Kompaniya ichida eAction nomi bilan yuritilayotgan ushbu loyiha 2030-yillarning ikkinchi yarmida tijoriy foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa hozirda dunyo aviatsiyasining asosiy vazifasini bajarayotgan A320neo modellarining davri asta-sekin tugayotganini ko‘rsatmoqda.

Vodorod texnologiyasidan voz kechishLoyiha doirasidagi eng muhim qarorlardan biri shundan iboratki, Airbus yo‘lovchi samolyotlarida vodorod yoqilg‘isidan foydalanish g‘oyasidan butunlay voz kechdi. Avval kompaniya ekologik toza vodorod texnologiyalarga katta umid bog‘lagan edi, ammo amalga oshirish davomida bu yondashuv samarasiz ekanligi aniqlandi.

Guillaume Fauryning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror nafaqat samolyot loyihalashtirishdagi texnik qiyinchiliklar, balki zarur infratuzilmaning mavjud emasligi sababli qabul qilindi. Vodorod ishlab chiqarish, uni yetkazib berish tizimining shakllanmaganligi va xalqaro aviatsiya qoidalaridagi noaniqliklar Airbus muhandislarini mavjud texnologiyalarni bosqichma-bosqich yaxshilashga qaytishga majbur qildi.

Endi asosiy e’tibor aerodinamikani takomillashtirish va an’anaviy, ammo o‘ta tejamkor dvigatellarni yaratishga qaratilmoqda. CFM RISE dvigateli va texnologik yangiliklarYangi platforma uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri CFM RIQE ochiq ventilyatorli dvigatellar hisoblanadi.

Ushbu texnologiya hozirgi turboventilyatorli dvigatellarga qaraganda yoqilg‘i sarfini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Hozirda dvigatel sinov bosqichida bo‘lib, uning natijalari yangi samolyotning kelajagini belgilab berishi mumkin.

Airbus shuningdek an’anaviy yondashuvdan voz kechib, bitta samolyot uchun bir xil dvigatel tanlovini taklif qilishi ham mumkin. Agar faqat bitta ishlab chiqaruvchi belgilangan talablarga javob beradigan kuch qurilmasini yarata olsa, yangi samolyot faqat o‘sha dvigatel bilan jihozlanadi.

Bu esa ishlab chiqarish jarayonini soddalashtirishga xizmat qiladi. Bozorga chiqarish va ishlab chiqarishYangi model bozorga chiqqanidan so‘ng ham A320neo ishlab chiqarilishi to‘xtamaydi — har ikki avlod ma’lum vaqt davomida parallel ravishda ishlab chiqariladi.

Airbus yangi samolyotlarni nafaqat Yevropadagi Tuluza va Gamburg zavodlarida, balki AQSH va Xitoydagi korxonalarida ham yig‘ish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu esa O‘zbekiston kabi mintaqaviy aviatsiya kompaniyalari uchun ham samarali bo‘ladi.

Chunki zamonaviy va tejamli samolyotlar mintaqaviy aviatsiya yo‘nalishlarini rivojlantirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026