Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Samsung kompaniyasi yangi avlod aqlli soatlarini ishlab chiqarmoqda

Texnologiya
37
Samsung kompaniyasi yangi avlod aqlli soatlarini ishlab chiqarmoqda
Janubiy Koreyaning texnologik giganti Samsung o‘zining navbatdagi flagman aqlli soati — Galaxy Watch Ultra 2 ustida qizg‘in ish olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tarmoqlarda tarqalgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qurilma nafaqat brendning, balki butun bozordagi eng ilg‘or displey va avtonomlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kutilmoqda. Tashqi dizayndagi o‘zgarishlar minimal bo‘lishiga qaramay, ichki texnik yangilanishlar foydalanuvchilar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ladi.

Taniqli insayder Ice Universe taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Watch Ultra 2 modelining asosiy o‘ziga xosligi uning AMOLED displeyi bo‘ladi. Qurilmaning maksimal yorqinligi rekord darajadagi 5000 nitga yetishi taxmin qilinmoqda.

Taqqoslash uchun, hozirgi birinchi avlod Galaxy Watch Ultra modeli 3000 nit yorqinlikka ega, Garmin Fenix 8 Pro modelida esa bu ko‘rsatkich 4500 nitni tashkil etadi. Bu yangilik soatdan hatto tik quyosh nuri ostida ham hech qanday qiyinchiliksiz foydalanish imkonini beradi.

Yangi avlod displey texnologiyasi Samsung ushbu natijaga erishish uchun MWC 2025 ko‘rgazmasida namoyish etilgan yangi OCF OLED panelidan foydalanishni rejalashtirgan. Samsung Display bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu panellar avvalgilariga qaraganda 20 foizga yupqaroq va sezilarli darajada energiya tejamkor hisoblanadi.

Eng muhimi, displey 5000 nit yorqinlikda ishlaganda ham, avvalgi avlod panellari 3000 nitda sarflagan miqdordagi energiyani iste’mol qiladi. Yana bir muhim yangilanish qurilmaning quvvat manbai bilan bog‘liq.

Ma’lum qilinishicha, akkumulyator sig‘imi 590 mA/soatdan 800 mA/soatga oshiriladi. Bu qariyb 36 foizlik o‘sish deganidir.

Energiya tejamkor displey va kattaroq batareya kombinatsiyasi soatning bir marta quvvatlanishda ishlash vaqtini hozirgi 60 soatdan uch-to‘rt kungacha uzaytirishi mumkin. Bu esa faol hayot tarzi tarafdorlari va sayohatchilar uchun juda muhim ko‘rsatkichdir.

Chidamlilik va taqdimot sanasi Galaxy Watch Ultra 2 ekstremal sharoitlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u IP69K standarti bo‘yicha himoyalangan va 10 ATM suv o‘tkazmaslik darajasini saqlab qoladi. Bu soat bilan nafaqat dush qabul qilish, balki ochiq suv havzalarida sho‘ng‘ish ham xavfsiz ekanligini anglatadi.

Qurilma o‘zining mustahkam korpusi va yuqori texnologik imkoniyatlari bilan bozordagi asosiy raqobatchisi bo‘lgan Apple Watch Ultra bilan jiddiy raqobatga kirishadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi aqlli soatning rasmiy taqdimoti joriy yilning 22-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni Samsung o‘zining yangi buklamafonlari — Galaxy Flip 8, Galaxy Fold 8 va Galaxy Fold 8 Ultra modellarini ham keng omma e’tiboriga havola qilishi kutilmoqda. Mazkur tadbir brendning 2025-yildagi eng yirik texnologik namoyishlaridan biri bo‘lishi shubhasiz.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, ushbu xabarlarni tarqatgan Ice Universe avval ham iPhone X dizayni, iPhone 14 o‘zgarishlari va Samsung kompaniyasining 200 megapikselli datchiklari haqidagi tahminlarini aniq aytib kelgan taniqli manbadir.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026