Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Samsung va SK Hynix janubi-g‘arbiy Koreyada to‘rtta yarimo‘tkazgich zavodi qurmoqda

Texnologiya
19
Samsung va SK Hynix janubi-g‘arbiy Koreyada to‘rtta yarimo‘tkazgich zavodi qurmoqda
Janubiy Koreyaning texnologik gigantlari global miqyosda kuzatilayotgan xotira chiplari tanqisligini bartaraf etish maqsadida ulkan loyihaga qo‘l urmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Samsung va SK Hynix kompaniyalari mamlakatning janubi-g‘arbiy hududida to‘rtta yangi yarimo‘tkazgichlar zavodini qurish uchun 518 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratishini e’lon qildi. Ushbu qadam sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi ortidan yuzaga kelgan chiplarga bo‘lgan mislsiz talabni qondirishga qaratilgan.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik brifingida ta’kidlanishicha, ushbu sarmoyalar mamlakatning sun’iy intellekt, ma’lumotlar markazlari va robototexnika sohalarini qamrab oluvchi keng ko‘lamli milliy strategiyasining bir qismidir. Rejaga ko‘ra, xotira chiplari ishlab chiqarishdan tashqari, markaziy hududda yuqori o‘tkazuvchanlikka ega xotira uchun yana 52 milliard dollar sarflanadi.

Shuningdek, SK, GS va Naver kabi kompaniyalar 2035-yilgacha sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlarini barpo etish uchun 356 milliard dollar yo‘naltiradi. Prezident Jae Myuning televideniye orqali qilgan chiqishida yarimo‘tkazgichlar, robototexnika va ma’lumotlar markazlarini Janubiy Koreya sanoatining kelgusi davrdagi uch asosi deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul yaqinidagi mavjud texnologik hududlar o‘z quvvatining chegarasiga yetgan va endilikda investitsiyalarni mamlakatning chekka hududlariga yoyish orqali iqtisodiy muvozanatni ta’minlash zarur. 2026-yil Janubiy Koreya uchun jahon bozorida almashtirib bo‘lmas kuchga aylanish yili bo‘lishi kutilmoqda.

Hozirda Samsung va SK Hynix sun’iy intellekt tizimlari uchun zarur bo‘lgan xotira chiplariga bo‘lgan rekord darajadagi talabdan katta foyda ko‘rmoqda. Biroq, global tanqislik nafaqat narxlarning oshishiga, balki yetkazib berish zanjirida jiddiy uzilishlarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, koreyalik ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish quvvatlarini oldindan kengaytirishni maqsad qilgan. Samsung kompaniyasi kelgusi o‘n yillikda jami 1,7 trillion dollar sarmoya kiritishni rejalashtirgan bo‘lib, shundan salmoqli qismi Gwangju va Haenam hududlaridagi yangi zavod hamda sun’iy intellekt markazlariga yo‘naltiriladi.

Kompaniya vakillarining bildirishicha, ushbu hududlar energiya manbalari, suv ta’minoti va malakali ishchi kuchi kabi imtiyozli omillar tufayli tanlangan. Bu ko‘rsatkichlar AQSHning Alphabet, Amazon, Meta va Microsoft kabi gigantlari joriy yilning o‘zida sun’iy intellekt infratuzilmasiga sarflaydigan 650 milliard dollaridan ham oshib ketishi mumkin.

SK Group ham o‘z navbatida 1,4 trillion dollarlik uzoq muddatli yo‘l xaritasini taqdim etdi. Bunda SK Hynix yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishni kengaytirsa, SK Telecom butun mamlakat bo‘ylab 15 gigavatt quvvatga ega sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlarini qurish bilan shug‘ullanadi.

Ushbu sarmoyalarning katta qismi AI modellari o‘qitish va foydalanish uchun zarorli bo‘lgan texnik infratuzilmaga yo‘naltiriladi. Mamlakat boshqaruvi ushbu loyihalarni milliy iqtisodiy xavfsizlik va texnologik mustaqillikni ta’minlashning asosi deb hisoblamoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026