ENRU

«Epl»ning da’vosi sabab Ilon Mask va Sem Altman o‘rtasidagi nizo keskinlashdi

Texnologiya
22
«Epl»ning da’vosi sabab Ilon Mask va Sem Altman o‘rtasidagi nizo keskinlashdi
Jahon texnologiya olamidagi yetakchi shaxslar o‘rtasidagi raqobat yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Milliarder Ilon Mask hamda Open-Ay-Ay rahbari Sem Altman o‘rtasidagi uzoq yillik kelishmovchilik Epl kompaniyasi tomonidan kiritilgan sud da’vosi sababli qaytadan avj oldi. Bu galgi nizo nafaqat sun’iy intellekt tizimlari, balki sanoat josusligi va koinotda ma’lumotlarni saqlash hamda qayta ishlash markazlarini tashkil etish masalalarini ham qamrab olgan.

Vaziyat Epl kompaniyasining Open-Ay-Ay ustidan sudga murojaat qilishi bilan yanada keskinlashdi. Da’vo arizasida keltirilishicha, Open-Ay-Ay kompaniyasi Eplning tijorat sirlari, elektron butlovchi qismlar chizmalari va kelajakdagi qurilmalarning tuzilishiga oid ma’lumotlardan noqonuniy ravishda foydalangan.

Eng jiddiy ayblovlardan biri shundaki, Eplning to‘rt yuzdan ortiq tajribali xodimi Open-Ay-Ay safiga o‘tib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, dizayn bo‘yicha sobiq rahbarlardan biri ishga qabul qilish jarayonida nomzodlardan o‘zlari bilan birga Epl kompaniyasiga tegishli ehtiyot qismlar namunalarini olib kelishni so‘ragan.

Ushbu xabarlarga munosabat bildirar ekan, Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Sem Altmanni firibgarlikni mutlaqo yangi darajaga olib chiqqanlikda aybladi. Maskning fikricha, Open-Ay-Ay dastlabki notijorat maqsadlaridan butkul voz kechib, boshqa kompaniyalarning intellektual mulkini o‘zlashtirish orqali boylik orttirish yo‘liga o‘tgan.

Sem Altman ham bu tanqidlarga javobsiz qolmadi. U Maskning Speys-Iks loyihasi doirasida koinotda ma’lumotlar markazlarini yaratish rejasini tanqid ostiga oldi.

Altmanning so‘zlariga ko‘ra, Mask investorlarga amalga oshishi imkonsiz bo‘lgan va qisqa muddatli loyihalarni taklif qilmoqda. Bunga javoban Ilon Mask koinotdagi ma’lumotlar markazlarini kelasi yiliyoq uchirish boshlanishini ma’lum qildi.

Speys-Iks kompaniyasi allaqachon Star-maynd loyihasining asosi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshni taqdim etgan. Ushbu qurilmalar nihoyatda yuqori hisoblash quvvatiga ega bo‘lib, suyuqlik yordamida sovutish tizimi va mikrometeoritlardan himoya qobig‘i bilan jihozlangan.

Qurilmalar ulkan quyosh panellari yordamida energiya oladi. Ushbu loyiha koinotda mustaqil sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratish yo‘lidagi ulkan qadam sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mask va Altman o‘rtasidagi nizo 2018-yilda boshlangan edi. O‘shanda Open-Ay-Ay asoschilaridan biri bo‘lgan Mask kompaniya boshqaruvini o‘z qo‘liga olmoqchi bo‘lgan, biroq rad javobini olgach, loyihani tark etgan.

Keyinchalik kompaniyaning tijorat yo‘nalishiga o‘tishi Maskning keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaziyat ikki milliarder o‘rtasidagi murosasiz kurash hali uzoq davom etishidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
O‘zbekistonda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘rgatish va raqamli ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda One.uz xabar
TexnologiyaKecha, 18:34
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Endi ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib
TexnologiyaKecha, 09:56
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O‘zbekistonda Google Pay elektron to‘lov tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu haqda 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirda Google Cloud vakili Marsin
Texnologiya12:26, 19-10-2026
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram messenjeri yaqin kelajakda o‘z konsepsiyasini kengaytirib, ijtimoiy tarmoqlar ichidagi tavsiyalar algoritmini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Platforma
Texnologiya16:51, 16-10-2026
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026