ENRU

Nashriyotlar mualliflik huquqi buzilgani sababli «Google»ni sudga berdi

Texnologiya
26
Nashriyotlar mualliflik huquqi buzilgani sababli «Google»ni sudga berdi
Dunyoning eng yirik texnologiya korxonalaridan biri hisoblangan Google kompaniyasi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yo‘lida jiddiy huquqiy to‘siqqa duch keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bir guruh yirik nashriyotlar va taniqli mualliflar kompaniyani o‘zlarining mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlaridan Gemini platformasini o‘qitishda noqonuniy foydalanganlikda ayblab, sudga murojaat qilishdi. Ushbu da’vo ayni paytda jadal rivojlanayotgan sun’iy intellekt va intellektual mulk o‘rtasidagi ziddiyatni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Da’vogarlar tarkibida Hachette, Cengage, Elsevier kabi yirik nashriyot uylari hamda taniqli yozuvchi Skott Turov va tegishli ijodiy tashkilotlar bor. Ular Google kompaniyasini nafaqat asarlarni ruxsatsiz olyatganlikda, balki Gemini modellarining o‘g‘irlangan materiallar asosida yaratilganini yashirish maqsadida mualliflik huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ataylab o‘chirib tashlaganlikda yoki o‘zgartirganlikda ayblamoqda.

Ushbu holatning o‘ziga xos jihati shundaki, nashriyotlar va Google o‘rtasida uzoq yillik hamkorlik tarixi mavjud. Yillar davomida mualliflar o‘z kitoblarini Google Books xizmati orqali qidiruv tizimiga joylashga ruxsat berib kelishgan.

Biroq ushbu kelishuvga ko‘ra, foydalanuvchilar kitobning faqat kichik qismlarini ko‘ra olishgan, butun asarni to‘liq o‘qish imkoniyati bo‘lmagan. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, Google ushbu cheklangan ruxsatdan foydalanib, kitoblarni o‘zining sun’iy intellektini o‘qitish uchun to‘liq nusxalab olgan.

Shuningdek, Google Play do‘koniga yuklangan kitoblar ham mualliflarning ruxsatisiz Gemini tizimini o‘qitishga sarflangani aytilmoqda. Da’vo arizasida keltirilishicha, Google bu harakatlarining noqonuniy ekanligini yaxshi bilgan.

Hujjatda kompaniyaning ichki yozishmalaridan iqtibos keltirilgan bo‘lib, unda mualliflik huquqi bilan himoyalangan kitoblardan foydalanish Google uchun o‘ta muammoli bo‘lishi va o‘nlab, hatto yuzlab milliard dollar miqdorida jarimaga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. Google bu borada yolg‘iz emas.

So‘nggi vaqtlarda Meta, OpenAI va Anthropic kabi kompaniyalar ham shunga o‘xshash ayblovlar bilan yuzlashmoqda. Masalan, Anthropic kompaniyasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan foydalangani uchun AQSH tarixidagi eng yirik tovon puli, ya’ni bir yarim milliard dollar miqdorida jarimaga tortilgan edi.

O‘shanda yarim millionga yaqin yozuvchining har biri kamida uch ming dollardan kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan, biroq ko‘plab mualliflar kattaroq huquqiy g‘alabaga erishish uchun bu kelishuvdan voz kechishgan. Hozircha AQSH sud tizimida ushbu masalada yakdil fikr shakllanmagan.

Kaliforniya sudlari tomonidan chiqarilgan dastlabki qarorlar texnologiya kompaniyalari foydasiga bo‘lib, sun’iy intellektni o‘qitish uchun ma’lumotlardan foydalanish adolatli foydalanish tamoyiliga mos kelishi aytilgan edi. Biroq Google ustidan qo‘zg‘atilgan yangi da’vo ishi bu boradagi huquqiy qarashlarni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Mazkur sud jarayoni kelajakda sun’iy intellektning qanday ma’lumotlar asosida shakllanishini belgilab beruvchi muhim omil bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
O‘zbekistonda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘rgatish va raqamli ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda One.uz xabar
TexnologiyaKecha, 18:34
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Endi ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib
TexnologiyaKecha, 09:56
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O‘zbekistonda Google Pay elektron to‘lov tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu haqda 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirda Google Cloud vakili Marsin
Texnologiya12:26, 19-10-2026
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram messenjeri yaqin kelajakda o‘z konsepsiyasini kengaytirib, ijtimoiy tarmoqlar ichidagi tavsiyalar algoritmini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Platforma
Texnologiya16:51, 16-10-2026
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026