Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Sem Altman ota-onalarga ChatGPT xizmatidan foydalanishni taklif qildi

Texnologiya
21
Sem Altman ota-onalarga ChatGPT xizmatidan foydalanishni taklif qildi
Suniy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi va kundalik hayotimizga kirib borishi jamiyatda turlicha munosabatlarga sabab boʻlmoqda. Bu haqda One.uz xabar beradi.

OpenAI rahbari Sem Altman ota-onalarga farzand tarbiyasi hamda kundalik tashvishlarni boshqarishda ChatGPT imkoniyatlaridan foydalanishni taklif qilgani internet foydalanuvchilarining keskin eʼtiroziga uchradi. Ushbu tashabbus zamonaviy texnologiyalar va insoniy munosabatlar chegarasidagi muhim bahslarni keltirib chiqardi.

Mazkur taklif koʻpchilik tomonidan ota-ona va bola oʻrtasidagi jonli muloqot oʻrnini suniy vositalar bilan almashtirishga urinish sifatida baholanmoqda. Sem Altman ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida kompaniyaning yangi mahsuloti yordamida oilaviy rejalarni muvofiqlashtirish va bolalarning qiziqishlarini tahlil qilish mumkinligini taʼkidladi.

Uning fikricha, ota-onalar farzandlarini maktabga olib ketayotgan vaqtda bir bolaning sport mashgʻulotlari, ikkinchisining bayrami yoki boshqa yangiliklar haqida maxsus ovozli hisobot tayyorlatishi mumkin. Biroq ushbu gʻoya jamoatchilik tomonidan sovuqqonlik va tushunmovchilik bilan kutib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi keskin munosabat Altmanning ushbu fikriga mashhur animatsion asarlar muallifi Aleks Xirsh oʻziga xos tarzda raddiya berdi. U oʻz chiqishida ota-onalarga suniy intellektdan foydalanish oʻrniga shunchaki oʻz farzandlari bilan bevosita gaplashishni maslahat berdi.

Mazkur munosabat ijtimoiy tarmoqlarda juda tez tarqalib, yuz minglab foydalanuvchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va texnologiyalarning shaxsiy hayotga ortiqcha aralashuvi borasidagi muhokamalarni kuchaytirdi. Aslida yirik texnologik kompaniya rahbarlari tomonidan suniy intellektni insoniy tajribalar oʻrniga qoʻllashga urinish birinchi marta kuzatilayotgani yoʻq.

Avvalroq Microsoft rahbari Satya Nadella ham kundalik hayotda chatbot xizmatlaridan faol foydalanishini aytib oʻtgan edi. Bunday yondashuv texnologiya olami yetakchilari oddiy insoniy muloqotlarni ham raqamli vositalar orqali hal qilishga intilayotganidan dalolat beradi.

Oilaviy muhit va texnologik xavfsizlik OpenAI rahbari avvalroq ham farzand tarbiyasida zamonaviy tizimlar yordamiga tayanayotganini yashirmagan edi. U hatto chaqaloq parvarishi jarayonini ushbu texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyinligini taʼkidlagan.

Kompaniya hozirda ota-onalar va oilalar uchun maxsus xizmatlarni ishlab chiqish maqsadida yangi mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda. Bu esa korporatsiyaning oilaviy segmentni egallashga boʻlgan jiddiy intilishini koʻrsatadi.

Biroq, kompaniya oilalar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirayotganini daʼvo qilsa-da, amaliyotda turli muammolar yuzaga kelmoqda. Xususan, ChatGPT tizimining foydalanuvchilar ruhiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatgani va ayrim noxush holatlarga sabab boʻlgani yuzasidan ota-onalar tomonidan bir nechta sud daʼvolari qoʻzgʻatilgan.

Bu esa texnologiyalarni oila davrasiga olib kirishda juda ehtiyotkor boʻlish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026