Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+11°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Olimlar Mars ob-havosini bashorat qiluvchi yangi sun'iy intellekt yaratdi

Texnologiya
18
Olimlar Mars ob-havosini bashorat qiluvchi yangi sun'iy intellekt yaratdi
Tadqiqotchilar Yer atmosferasini bashorat qilishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt tizimini Mars sayyorasi sharoitiga moslashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

GraphCast neyrotarmog‘i asosida yaratilgan yangi MarsCast modeli Qizil sayyora ob-havosini misli ko‘rilmagan tezlik va aniqlikda hisoblab chiqish imkonini bermoqda. Mazkur texnologiya sayyoradagi harorat o‘zgarishi, shamol yo‘nalishi va boshqa meteorologik ko‘rsatkichlarni o‘rganishda an’anaviy usullardan bir necha barobar samaraliroq ekani isbotlandi.

Dastlabki sinovlarda Yer sharoitiga moslangan model Marsdagi jarayonlarni to‘liq aks ettira olmadi. Xususan, sutkalik harorat tebranishlarini hisoblashda xatoliklar kuzatildi.

Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida olimlar tizimni Mars iqlimi bo‘yicha to‘plangan maxsus ma’lumotlar bazasi yordamida qayta o‘qitishdi. Jarayon davomida sayyora yuzasining qizishiga sabab bo‘luvchi quyosh nurlanishi va atmosfera bosimi kabi muhim omillar hisobga olindi.

MarsCast tizimining ishlash tamoyillari Tizimni takomillashtirishda harorat ko‘rsatkichlari bilan birga gorizontal va vertikal shamol oqimlari ham tahlil qilindi. Mars atmosferasida namlik darajasi juda past bo‘lgani sababli, bu ko‘rsatkich soddalashtirilgan shaklda kiritildi.

Ma’lumki, Qizil sayyorada namlik ko‘p hollarda 10 foizdan past bo‘ladi va faqat tong sahar qisqa muddatga ko‘tarilishi mumkin. O‘qitish bosqichlaridan so‘ng model Marsdagi sutkalik iqlimiy o‘zgarishlarni ishonchli tarzda tiklashni boshladi.

Atigi 30 kunlik ma’lumotlar asosida tayyorlangan model 10 kunlik muddat uchun aniq prognozlarni taqdim etish darajasiga yetdi. U nafaqat mavsumiy o‘zgarishlarni, balki atmosferaning vertikal tuzilmasini ham to‘g‘ri ko‘rsatib berdi.

Bu esa sun’iy intellektning boshqa sayyoralar dinamikasini o‘rganishda katta salohiyatga ega ekanini tasdiqlaydi. Yuqori tezlik va kelajakdagi imkoniyatlar Yangi yondashuvning eng asosiy ustunligi uning hisoblash tezligidir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, MarsCast tizimi 10 kunlik ob-havo ma’lumotini bitta grafik protsessor yordamida atigi 2 daqiqada tayyorlaydi. Taqqoslash uchun aytish joizki, an’anaviy fizik modellar shunday hisob-kitoblar uchun 30 daqiqa vaqt sarflaydi, biroq ularning aniqlik darajasi ancha past bo‘lib qolmoqda.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Yer uchun yaratilgan meteorologik modellar boshqa sayyoralarga qisman mos kelishi mumkin, biroq atmosferaning kimyoviy tarkibi va radiatsiya darajasidagi farqlar sababli maxsus moslashtirish talab etiladi. Kelgusida ushbu tizimga chang bo‘ronlari va ularning quyosh nurlanishiga ta’sirini o‘rganuvchi funksiyalar qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Bu kabi texnologiyalar kelajakdagi kosmik missiyalarni xavfsiz rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026