Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Xitoyda dunyodagi ilk to‘liq robotlashtirilgan politsiya maskani ochildi

Texnologiya
26
Xitoyda dunyodagi ilk to‘liq robotlashtirilgan politsiya maskani ochildi
Xitoyning Shenchjen shahri Lungan tumanida dunyodagi ilk to‘liq robotlashtirilgan politsiya maskani ish boshladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Ushbu zamonaviy majmuada inson qiyofasidagi gumanoid robotlar, g‘ildirakli patrul qurilmalari, to‘rt oyoqli mexanik yordamchilar, uchuvchisiz uchish apparatlari hamda haydovchisiz boshqariladigan maxsus transport vositalari xizmat qilmoqda. Mazkur texnologik tizim jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va favqulodda holatlarda tezkor choralar ko‘rish uchun mo‘ljallangan.

Robotlashtirilgan politsiya xodimlari shahar ko‘chalarida mustaqil ravishda nazorat ishlarini olib borish imkoniyatiga ega. Ular sun’iy intellekt yordamida shubhali xatti-harakatlarni tahlil qiladi, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni yuzidan taniydi va bedarak yo‘qolgan fuqarolarni topishda ko‘maklashadi.

Shuningdek, ushbu qurilmalar aholi gavjum joylarda xavfsizlik darajasini oshirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ish samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Harbiy sohadagi yangi izlanishlar Xitoylik mutaxassislar ushbu texnologiyalardan nafaqat shahar xavfsizligini ta’minlashda, balki harbiy maqsadlarda foydalanish ustida ham faol ish olib bormoqda.

O‘tkazilgan tadqiqotlar doirasida oltita robotdan iborat guruhning harbiylar bilan hamkorlikda harakatlanish ssenariylari ishlab chiqildi. Mazkur loyihada robotlar dushman nazoratidagi binolarga birinchi bo‘lib kirishi, xonalarni ko‘zdan kechirishi va yashirin xavflarni aniqlashi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, robotlarni dushman hududiga sezdirmasdan kiritish, joyning elektron xaritasini chizish va nishonlarni aniq belgilash kabi murakkab vazifalar ustida sinovlar o‘tkazilmoqda. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, bunday robotlashtirilgan tizimlar yaqin besh yoki o‘n yil ichida bevosita jang maydonlarida qo‘llanila boshlaydi.

Hozirgi vaqtda ushbu ishlanmalar asosan ilmiy-tadqiqot va sinov bosqichida bo‘lib, kelgusida ularning imkoniyatlari yanada kengaytirilishi kutilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026