Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Samsung yangi flagmanlar uchun One UI 9.0 qobig'ini taqdim etdi

Texnologiya
16
Samsung yangi flagmanlar uchun One UI 9.0 qobig'ini taqdim etdi
Samsung kompaniyasi Android 17 operatsion tizimi asosida ishlovchi yangi One UI 9.0 dasturiy qobig‘ining global miqyosdagi taqdimotini rasman boshladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Dastlab Galaxy Z Fold8 va Z Flip8 kabi buklama qurilmalarda namoyish etilgan ushbu interfeys endilikda kompaniyaning eng yangi flagmanlari — Galaxy S26, Galaxy S26 Plus va Galaxy S26 Ultra smartfonlari uchun ham taqdim etildi. Mazkur yangilanish hozircha Janubiy Koreya va AQSh bozorlaridagi foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lib, yaqin vaqt ichida boshqa hududlarda ham tarqatilishi kutilmoqda.

Yangi operatsion tizim doirasida sun’iy intellekt imkoniyatlari tubdan takomillashtirildi. Video kontentni qayta ishlash, matnlarni tarjima qilish va hujjatlar bilan ishlash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalar joriy etildi.

Xususan, videodagi muayyan shaxsni avtomatik kuzatish va uni kadr markazida saqlash imkonini beruvchi yangi funksiya foydalanuvchilarni qo‘lda montaj qilish tashvishidan xalos etadi. Sun’iy intellekt va shaxsiy yordamchi imkoniyatlari Tizimdagi shaxsiy ma’lumotlar lentasi yanada moslashuvchan ko‘rinishga keldi.

Endilikda foydalanuvchilar kundalik xulosalar tarkibini o‘z xohishlariga ko‘ra tahrirlashlari mumkin. Aqlli tavsiyalar funksiyasi esa smartfondagi jarayonlarni tahlil qilib, foydalanuvchiga tegishli harakatlarni taklif etadi.

Masalan, uchrashuv haqidagi yozishmalar vaqtida tizim manzilni saqlashni yoki bron ma’lumotlarini ko‘rsatishni so‘raydi. Shuningdek, maxsus ijodiy studiya muhim sanalar, masalan, yaqinlaringizning tug‘ilgan kunlari uchun o‘ziga xos tabriknomalar tayyorlash g‘oyalarini taqdim etadi.

Matn va ovozli tarjimon xizmatlari ham sezilarli darajada yangilandi. Suhbat davomida avvalgi gaplarga tezda qaytish va muloqotni uzluksiz davom ettirish imkoniyati yaratildi.

Simsiz quloqchinlardan foydalanilganda tarjima qilingan nutqni uzatish tezligi oshirilgani muloqotning tabiiyligini ta’minlaydi. Hujjatlarni skanerlash qurilmasi esa endi buklangan qog‘ozlardagi kamchiliklarni to‘g‘rilash va kadrga tasodifan tushib qolgan barmoq izlarini o‘chirish qobiliyatiga ega bo‘ldi.

Xavfsizlik va ma’lumotlar himoyasi One UI 9.0 interfeysida foydalanuvchi ma’lumotlari xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilgan. Tizim potentsial xavfli dasturlar va noma’lum manbalardan o‘rnatilgan ilovalar haqida muntazam ogohlantirib turadi.

Maxfiylikni nazorat qilish xizmati esa turli ilovalarning qurilma funksiyalaridan shubhali tarzda foydalanish urinishlarini sun’iy intellekt yordamida aniqlaydi. Bundan tashqari, firibgarlik maqsadida amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlarni aniqlash tizimi takomillashtirilib, uning qamrov doirasi kengaytirildi.

Ushbu yangiliklar foydalanuvchilarning raqamli xavfsizligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Samsung kompaniyasi ushbu yangilanishlarni bosqichma-bosqich barcha zamonaviy qurilmalariga joriy etishni rejalashtirgan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026