Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

NASA mustaqil qaror qabul qiluvchi aqlli robotlarni sinovdan o'tkazdi

Texnologiya
15
NASA mustaqil qaror qabul qiluvchi aqlli robotlarni sinovdan o'tkazdi
AQSh Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) koinotni tadqiq qilish usullarini butunlay o‘zgartirib yuborishi kutilayotgan yangi texnologiyani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

NASAning ASTRA guruhi tomonidan amalga oshirilgan tajriba davomida uchta robotdan iborat guruh Yerning bevosita buyruqlarisiz, o‘zaro kelishgan holda ilmiy vazifalarni mustaqil bajardi. Ushbu tizim kelgusida olis sayyoralarni o‘rganish jarayonini bir necha barobar tezlashtirish va inson omilisiz murakkab qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Mustaqil qaror qabul qiluvchi aqlli tizim Sinov jarayonida robotlar guruhiga insonlar tomonidan faqat umumiy ilmiy maqsadlar belgilab berildi. Shundan so‘ng, qurilmalar hududni o‘zlari tahlil qilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va kutilayotgan natijalarni o‘zaro taqqosladi.

Tizim qaysi robot muayyan vazifaga ko‘proq mos kelishini mustaqil ravishda hal qildi. Butun ish jarayoni davomida dasturiy ta’minot atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni kuzatib bordi va yangi ma’lumotlar asosida ish rejasini yangilab turdi.

Tajriba poligonida bitta uchuvchisiz uchish apparati va turli vazifalarni bajaruvchi ikkita yerusti roboti harakatlandi. Dron asosan qidiruv va razvedka ishlarini olib borgan bo‘lsa, birinchi rover hududning elektron xaritasini tuzish va yo‘nalishni belgilashga mas’ul bo‘ldi.

Ikkinchi rover esa maxsus robotlashtirilgan qo‘l yordamida tuproq va tosh namunalarini yig‘ish vazifasini amalga oshirdi. Vazifalarni tezkor o‘zgartirish imkoniyati Dala sinovlarining eng muhim jihati robotlarning kutilmagan vaziyatlarda yangi maqsadlarga moslasha olish qobiliyati bo‘ldi.

Agar yetakchi dron rejadagi topshiriqni bajarish vaqtida boshqa bir qiziqarli obyektni aniqlasa, u asosiy ishni to‘xtatmagan holda, yangi topilmani o‘rganish uchun boshqa robotni yordamga chaqirdi. Bunday yondashuv tadqiqotlar samaradorligini keskin oshiradi.

Qaror qabul qilish jarayonida dasturiy ta’minot bir qancha muhim omillarni hisobga oldi. Bularga qurilmalarning texnik holati, belgilangan nuqtagacha bo‘lgan masofa, harakatlanish tezligi va olinadigan ma’lumotlarning ilmiy ahamiyati kabi mezonlar kiritilgan.

NASA mutaxassislarining ta’kidlashicha, bortdagi bunday mustaqil tizim ilgari imkonsiz deb hisoblangan murakkab missiyalarni amalga oshirishga yo‘l ochadi. Mazkur texnologiya, ayniqsa, Yer bilan aloqa o‘rnatishda vaqt kechikishi kuzatiladigan olis hududlarda juda qo‘l keladi.

Masalan, Yupiter yoki Saturn yo‘ldoshlarini o‘rganishda, shuningdek, Oy va Marsning inson qadami yetishi qiyin bo‘lgan xavfli hududlarida ushbu avtonom robotlar guruhi asosiy tadqiqotchi vazifasini bajaradi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026