Xiaomi kompaniyasi yangi avlod flagman smartfonini rasman taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi mobil bozorining yangi flagmani Xiaomi 18 Pro Max smartfonini rasmiy ravishda taqdim etdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Ixbt.com maʼlumotlariga koʻra, qurilma mobil sanoatda birinchi marta 2 nanometrli texnologik jarayonda ishlab chiqilgan Qualcomm Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori va Leica bilan hamkorlikda yaratilgan ikkita 200 megapikselli sensorli kamera bilan jihozlangan. Ushbu flagman ilgʻor texnologiyalar va yuqori unumdorlikni birlashtirgan holda keldi.
Displey imkoniyatlari va maxfiylik tizimi Smartfon atigi 0,99 millimetrli oʻta yupqa hoshiyali displeyga ega. SuperPixel 2.0 paneli M11 materiali asosida yaratilgan.
Ekranning pik choʻqqisi 4000 nitni tashkil etadi, BT.2020 ranglar fazosi hamda 1 dan 120 Hz gacha moslashuvchan yangilanish chastotasi qoʻllab-quvvatlanadi. Ekran tizimining asosiy xususiyati — apparat darajasidagi shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish tizimidir.
Ushbu funksiyani butun smartfon yoki alohida ilovalar uchun faollashtirish mumkin. Tizim bildirishnomalar, qalqib chiquvchu oyna va koʻp vazifali menyu tarkibini yashiradi, maxfiy hududlar alohida piksellar darajasida nazorat qilinadi.
Maxfiylik sozlamalarini Super Xiao Ai orqali boshqarish imkoni mavjud, uni tezkor yoqish uchun maxsus sozlanadigan AI-tugma ham koʻzda tutilgan. Unumdorlik va sovutish tizimi Qurilma asosida 2 nanometrli texnologik jarayonga asoslangan Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori yotadi.
Uning chastotasi 5 gigagertsga yetib, bu Qualcomm mobil platformalari uchun rekord koʻrsatkich hisoblanadi. Barqaror ishlashni taʼminlash uchun Xiaomi yangilangan halqasimon bugʻlanish kamerasi koʻrinishidagi sovutish tizimini qoʻshdi.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, smartfon ogʻir yuklamalarda ham bir soat davomida maksimal kadrlar chastotasini saqlab qolishga qodir. Quvvat masalasida Jinshajiang kremniy-uglerodli batareya qoʻllanilgan, uning sigʻimi 8500 mA·s ni tashkil qiladi.
Shuningdek, qurilma kattalashtirilgan vibromotor, uchta dinamik va mos keluvchi qurilmalarning joylashuvini aniq aniqlash uchun UWB moduli bilan taʼminlangan. Korpus IP66, IP68 va IP69 standartlari boʻyicha suv va changdan himoyalangan.
Leica kameralari va qoʻshimcha ekran Asosiy kameraning bosh moduli kengaytirilgan dinamik diapazonga ega 1/1,28 dyuymli 200 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Periskop modulida 1/1,56 dyuymli yana bir 200 megapikselli datchik ishlatilgan, u 12 santimetr masofadan telemakro suretga olishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Uchinchi kamera 50 megapikselli oʻta keng burchakli datchikdan iborat, barcha modullar Leica ishtirokida ishlab chiqilgan. Orqa panelga oʻrnatilgan qoʻshimcha ekran endilikda 100 dan ortiq ilovalarni, axborot kartochkalarini, bildirishnomalar va mini-oʻyinlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Sunʼiy intellekt yordamida u uchun shaxsiylashtirilgan fonlarni yaratish imkoni ham mavjud.





