O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda Google Pay elektron to‘lov tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Bu haqda 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirda Google Cloud vakili Marsin Krasuski xabardor qildi. Xizmat ishga tushirilishi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga oid qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar natijasida amalga oshirildi.
Qonuniy bazasi 2026 yil mart oyida qabul qilingan qonun bilan ayrim shaxsiy ma’lumotlarni xorijda qayta ishlashga ruxsat beruvchi huquqiy asoslar belgilangan edi. Ushbu o‘zgarishlar Google Pay xizmatini mamlakatimizda joriy etish yo‘lini ochdi.
Endi foydalanuvchilar bank kartalarini telefonga yuklab, naqd pul yoki plastik karta ishlatmasdan to‘lov amalga oshira oladilar.





