Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Tesla quvvatlash shoxobchalari uchun virtual navbat tizimini joriy etdi

Avto
4
Tesla quvvatlash shoxobchalari uchun virtual navbat tizimini joriy etdi
Tesla kompaniyasi o‘zining Supercharger tezkor quvvatlash shoxobchalari uchun virtual navbat tizimini joriy qilishni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yangi funksiya haydovchilarga stansiya band bo‘lgan paytda avtomobil ichida uzoq vaqt navbat kutmasdan, raqamli ro‘yxatga yozilish imkoniyatini taqdim etadi. Mazkur qulaylik ayniqsa quvvatlash nuqtalari gavjum bo‘lgan hududlarda vaqtni tejash va tartibni saqlashga xizmat qiladi.

Haydovchi quvvatlash stansiyasiga yaqinlashgan vaqtda, avtomobilning bort kompyuteri tizimi unga virtual navbatga qo‘shilish haqida taklif yuboradi. Tesla algoritmlari avtomobilning navbatga qo‘shilgan vaqtini aniq hisobga oladi va quvvatlash huquqi navbati bilan kimga tegishli ekanini avtomatik ravishda belgilab beradi.

Bu esa haydovchilar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarning oldini oladi. Kompaniya hozircha belgilangan navbatga rioya qilmasdan quvvatlashni boshlagan haydovchilar uchun tizimni majburiy tarzda o‘chirib qo‘yishni rejalashtirmayapti.

Buning o‘rniga foydalanuvchining mobil ilovasida maxsus ogohlantirish xabari paydo bo‘ladi. Unda stansiyada navbat mavjudligi va quvvatlashni navbatsiz boshlash qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqida so‘raladi.

Yangi tizimning qanchalik samarali ishlashi ko‘p jihatdan haydovchilarning o‘zaro hurmati va tartib-intizomiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Tesla kompaniyasi ushbu usul orqali foydalanuvchilar o‘rtasida madaniyatli navbat tizimini shakllantirishni maqsad qilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda dunyo bo‘ylab 6 mingdan ortiq manzilda 60 mingdan ziyod Tesla Supercharger quvvatlash nuqtalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026