Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSHda noimmigratsion vizalarga yangi to‘lov joriy etiladi

Dunyo
61
AQSHda noimmigratsion vizalarga yangi to‘lov joriy etiladi
2025 yilning 1 oktabridan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlarida barcha noimmigratsion vizalar uchun yangi majburiy to‘lov joriy etiladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu to‘lov Visa Integrity Fee deb nomlanib, uning miqdori 250 AQSH dollarini tashkil etadi. Bu haqda Kursiv Media xabar berdi.

Mazkur qonunni sobiq prezident Donald Tramp imzolagan. To‘lov 2025 moliyaviy yilining oxirigacha, ya’ni 30 sentyabrgacha amal qiladi.

Keyinchalik inflyatsiya darajasi hisobga olinib, to‘lov miqdori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Ushbu to‘lov bekor qilinmaydi, ammo vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan 40 dan ortiq davlat fuqarolari undan ozod etiladi.

AQSH Sayohat uyushmasi vakillarining ma’lumot berishicha, to‘lov qachon aniq joriy etilishi, qanday tartibda to‘lanishi hamda pulni qaytarish imkoniyati hozircha noaniq. Uyushma rahbarlari yangi to‘lov AQSHga sayohat xarajatlarini 144 foizga oshirishi mumkinligini ta’kidlamoqda, biroq bu vizaga ariza berish jarayonidagi kutish muddatlariga ta’sir qilmaydi.

Turizm sohasi vakillari esa qo‘shimcha xarajatlar va murakkabliklar sababli mehmonlar sonining kamayishidan xavotirda. Vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar ro‘yxatiga Andorra, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Bruney, Vengriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Malta, Monako, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Portugaliya, San-Marino, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Estoniya, Janubiy Koreya va Yaponiya kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29