Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Rossiyada mashhur shokoladlar do‘konlardan ketishi mumkin

Dunyo
169
Rossiyada mashhur shokoladlar do‘konlardan ketishi mumkin
Rossiyada mashhur shokolad va shirinliklar savdosi to‘xtatilishi mumkin. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Buning asosiy sababi narxlar bo‘yicha kelishmovchilikdir. Rossiyadagi yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri bo‘lgan X5 Group o‘z tarkibiga kiruvchi Pyatyorochka va Perekryostok supermarketlarida Mars kompaniyasiga tegishli Snickers, Twix, M&M’s, Orbit kabi mahsulotlarni xarid qilishni to‘xtatdi.

Bu haqda Pravilamag nashri ma’lum qildi. X5 matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur qaror Mars kompaniyasining taklif qilgan narxlari yuqori bo‘lgani sababli qabul qilingan.

Kompaniya mahsulot narxlarini asossiz ravishda oshirilgan deb hisoblamoqda. Mars kompaniyasi esa ushbu qarordan afsusda ekanligini bildirib, ikki tomon uchun ham foydali yechim topishga umid qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mars kompaniyasining hozirgi zaxiralari taxminan ikki oyga yetadi. Avgust va sentabr oylarida ushbu mahsulotlar do‘konlardan butunlay yo‘qolishi mumkin.

Biroq X5 vakillari ta’kidicha, raflar bo‘sh qolmaydi va Mars o‘rniga boshqa ishlab chiqaruvchilarning o‘xshash mahsulotlari taklif etiladi. Mars kompaniyasi dunyodagi eng yirik konditer mahsulotlar ishlab chiqaruvchilaridan biridir.

Kompaniyaga Snickers, Twix, Bounty, Mars, Milky Way, M&M’s, Skittles, Orbit, Eclipse hamda Korkunov shokoladlari kabi mashhur brendlar kiradi. Shuningdek, 2025 yil boshlarida Mars va Mondelez kompaniyalari inflyatsiya fonida o‘z mahsulotlariga narxlarni oshirishini ma’lum qilgan edi.

Bu holat bozorda narxlar o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026