Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Tinda yaqinida samolyot halokatida ob-havo omili

Dunyo
30
Tinda yaqinida samolyot halokatida ob-havo omili
Rossiyaning Tinda shahri yaqinida An-24 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchraganida ob-havo sharoiti muhim omil bo‘lganligi aniqlanmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

"Fobos" ob-havo markazi mutaxassisi Vadim Zavodchenkov “Rossiya 24” telekanalida bergan intervyusida hodisa yuz bergan paytda Tindada past bulutli ob-havo mavjudligini ta’kidladi. Ba’zi joylarda bulutlarning quyi chegarasi 300 metrga tushgan, bu esa o‘rtacha parvozlar uchun xavfli bo‘lmasa-da, Tinda tog‘lar orasida joylashgani sababli samolyot uchun qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

Tog‘ cho‘qqilari bulutlar bilan qoplanib, ekipajning samarali ishlashiga to‘sqinlik qilgan. Shu bois, ob-havo sharoiti samolyotning yerga qulashiga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

O‘tgan kechada ro‘y bergan halokatda taxminan 50 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Hozirda voqea tafsilotlari bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Ushbu hodisa samolyotlarning tog‘li hududlarda parvoz qilishida ob-havo sharoatini diqqat bilan o‘rganish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026