Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Turkiyada umr ko‘rish davomiyligi oshmoqda

Dunyo
81
Turkiyada umr ko‘rish davomiyligi oshmoqda
Turkiyada umr ko‘rish davomiyligi oshmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Turkiya statistika instituti tomonidan 2022–2024 yillarga oid “Hayot jadvallari” hisobotida mamlakatda tug‘ilgan chaqaloq uchun kutilayotgan o‘rtacha umr 78,1 yil deb ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich oldingi yillarga nisbatan oshgan.

Ayollar uchun umr ko‘rish davomiyligi 80,7 yilni tashkil etsa, erkaklar uchun bu ko‘rsatkich 75,5 yilni tashkil qiladi. Demak, ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 5,2 yil ko‘proq umr ko‘rmoqda.

Hisobotda ta’lim darajasi bilan umr davomiyligi o‘rtasida ham bog‘liqlik mavjudligi ta’kidlangan. Oliy ma’lumotga ega 30 yoshli shaxslar o‘rta ma’lumotlilarga qaraganda taxminan 5 yil ko‘proq yashashi mumkin.

Sog‘lom umr ko‘rish davomiyligi o‘rtacha 57,6 yilga teng. Qiziq tomoni shundaki, bu ko‘rsatkichda erkaklar (58,9 yil) ayollardan (56,3 yil) biroz oldinda.

Bundan tashqari, 65 yoshga yetgan insonlar uchun o‘rtacha yana 18 yil umr davom etishi taxmin qilinmoqda. Turkiyada sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishi hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar umr davomiyligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bu tendensiya mamlakat aholisi salomatligi va hayot sifatining yaxshilanishidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026